Jinoyat protsessida sud nazorati o'quv kursining tushunchasi ahamiyati va vazifalari Reja: Jinoyat protsessida sud nazorati o'quv kursining mazmuni va manbalari Jinoyat protsessida sud nazorati o'quv kursining boshqa yuridik fanlar bilan aloqasi. Jinoyat protsessida sud nazorati o'quv kursining Tushunchasi ahamiyati va vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov O'tgan yillar mobaynida mamlakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo'lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etildi, deganlarida, avvalo sudyalarning ixtisoslashuvi, yuqori sud instansiyalarida ish yuritishning takomillashuvi, dastlabki tergov muddatlarining kamaytirilishi, sudlarda ishni muhokama qilish muddatining belgilanishi, kadrlarni tanlash va tayinlashning demokratik huquqiy mexanizmi yaratilishi, sud qarorlarini ijro etishning samarali tartibi ishlab chiqilishi, jinoyat, jinoyat-protsessual va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi qonunlarning liberallashtirilishi, odil sudlovni amalga oshirish shakllaridan biri bo'lgan yarashuvchilik institutining joriy etilishini nazarda tutgan edilar. Bugungi kunda jinoyat-protsessual qonunchiligimizning sudgacha bo'lgan jarayon ustidan sud nazoratini kuchaytirish bilan bog'liq ayrim qoidalarini qaytadan ko'rib chiqish zarurati vujudga keldi, aynan jinoyat protsessi bosqichlarida sud nazoratini amalga oshirish muammolarini hal qilish uchun O'zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarini qo'llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlarga o'tkazish kerakligi takidlandi. Bu esa dastlabki tergovga tortishuv prinsipini olib kirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan masalalarda xolis sudya ishtirokini ta'minlash va uning huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishini talab etadi. Shu tariqa sud-huquq islohotida yana bir muhim yo'nalish, yangi bosqichga - sud nazoratini tizim sifatida etirof etish va uni jinoyat protsessining deyarli barcha bosqichlarida amalga oshirishga asos solindi. Buning uchun bir qancha vazifalarni bajarish, jumladan, bu sohadagi xorij tajribasini o'rganib, milliy xususiyatlarimizni hisobga olgan holda jinoyat-protsessual qonunini takomillashtirish, dastlabki tergovda sud nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmini ishlab chiqish, tergov, prokuratura, sud xodimlarining mas'uliyatini kuchaytirish, malakasini oshirish, ularga professional hamda fuqarolik burchini ado etish, adolat va haqiqat uchun kurashish ruhiyatini singdirish zarurati vujudga keldi. O'zbekiston Respublikasida jinoyat sudlov ishlarini yuritishda sud nazorati instituti zarurligi islohotlar boshlangan davrdayoq takidlangan edi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida, sud hokimiyatning mustaqil tarmog'i sifatida etirof etilganligi, Konstitutsiyaning 110-moddasida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog'iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega ekanligining qayd qilinganligi, 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilinib, 1995 yil 1 apreldan kuchga kirgan Jinoyat-protsessual kodeksiga ilgari amalda bo'lgan Jinoyat-protsessual kodekslarida batafsil nazarda tutilmagan hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish va uning umumiy shartlarini belgilovchi o'n birinchi bo'limning kiritilganligi, shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga O'zbekiston Respublikasining 200 yil 14 dekabr qonuni bilan Apellyatsiya tartibida ish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.08 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx