Jinoyat protsessining tushunchasi va mohiyati Reja: 1. Jinoyat protsessining mohiyati va vazifalari 2. Jinoyat protsessi shakllari 3. Jinoyat protsessual funksiyalar 4. Protsessual kafolatlar 5. Jinoyat protsessual huquq, uning huquq tizimidagi o'rni Jinoyat protsessining mohiyati va vazifalari O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshirilishi belgilangan. Jinoyat protsessi huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari bilan protsess ishtirokchilarining o'zaro munosabatlarini qonunda belgilanganidek tartibga soladi. Bu munosabat huquq asosiga qurilganligi uchun ham Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning 22-moddasida O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishi kafolatlanganligi qayd etilgan. Adolatli fuqarolik jamiyatining muhim mezoni hisoblangan inson qadr-qimmatini e'zozlash hamda huquqiy davlatning shartlaridan bo'lgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish bugungi va ertangi kunning muhim vazifasidir Huquqbuzarliklarning, xususan ularning eng xavfli turi bo'lmish jinoyatlarning mavjudligi davlat apparatida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishlashini taqozo qiladi, ularning faoliyati esa faqat aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishnigina emas, balki huquqni qo'llash amaliyotining o'zida qonuniylikning zarur kafolatlarini qat'iy belgilangan tartibda amalga oshirishdan iborat. Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo'llash bo'yicha faoliyatining turi hisoblanib, bunday faoliyatga u yoki bu jinoyat sodir etilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lgan taqdirdagina zarurat yuzaga keladi. Har bir jinoyat shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadi. Shu sababli jinoyatlarni aniqlash, ularning sodir etilish holatlarini tergov qilish, aybdor shaxslarni fosh etish va jazolash davlatning vazifalariga kiradi. Jinoyat ishlarining aksariyat ko'pchiligi alohida shaxslarning xohishidan qat'i nazar qo'zg'atiladi. Shunday qilib, jinoyat protsessi - sud va huquqni muhofaza qilish organlarining ya'ni surishtiruvchi, tergovchi, prokuratura va sud organlarining faoliyatidir. Sud va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilariga berilgan huquqlar hamda zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar doirasidagi harakatlari bilan birga olib boriladi, ammo aynan jinoyat protsessi vazifalarini bajarish zimmasiga yuklatilgan sud va huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati belgilovchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasida shunday deb belgilab qo'yilgan: O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha tezkor qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo'linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko'rsatishi taqiqlanadi. Davlatning jinoyat ishlari yuzasidan huquqni qo'llash faoliyatining alohida ahamiyatga ega ekanligi, uni amalga oshirishda davlat majburlovining eng keskin shakllaridan foydalanish zarurligi bu faoliyatning aniq tartibga solinishini, unda ishtirok etuvchilar huquqlari va majburiyatlarining aniq doirasini belgilashni talab etadi. Binobarin, jinoyat protsessi - qonunga asoslangan faoliyatdir. Qonuniylikka qat'iy rioya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.58 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
74.58 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc