Jinoyat protsessual huquqida mediatsiya va uni takomillashtirish M U N D A R I J A Kirish 3 I bob. Jinoyat protsessida mediatsiya instituti (jinoyat ishini hal qilishning sudga qadar alternativ usuli) 14 1. Mediatsiya (kelishuv) instituti tushunchasi va mohiyati 14 2. Mediatsiya institutining tarixiy asoslari 28 3. Xorijiy davlatlarda mediatsiya instituti 35 I bob bo'yicha xulosa 38 II bob. Jinoyat protsessual qonuniga mediatsiya institutini tatbiq etish mexanizmi 39 1. Jinoyat protsessiga mediatsiya institutini tatbiq etish zarurati 39 2. Mahalla instituti va profilaktika nozirlari faoliyatida 45 II bob bo'yicha xulosa 58 II bob. O'zbekistonda mediatsiya institutini qo'llash istiqbollari 59 1. Mediatsiyaga tegishli ishlari doirasi 59 2. Jinoyat ishini yoki tergovoldi materiallarni mediatsiyaga yuborish yuzasidan protsessual harakatlar 67 3. Mediatsiya ustidan nazorat 71 II bob bo'yicha xulosa 76 Xulosa 77 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 81 Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Agar azaldan oldimizga qo'ygan ulug' maqsadlarimiz, yani rivojlangan demokratik va o'z fuqarolariga farovon turmush sharoitlarini yaratishga ko'maklashadigan jamiyat qurishga intilish yo'lida boshqa sohalar qatori jinoyat sudlov ishlarini yuritish sohasida ham ulkan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bular insonlarga faqat faravon turmushnigina emas, shu bilan birga shaxs huquqlarini yanada muhofaza qilishni nazarda tutuvchi huquqiy mexanizmni yaratishni ham ko'zlaydi, desak ayni haqiqat. Bugun shaxs huquqlarini yanada kafolatlash, ularni har xil tajovuzlardan mahofazalash masalalari davlat dasturlari, siyosatning ustuvor yo'nalishlari darajasida hal etilmoqda. Mazkur masalaga alohida o'z etiborini qaratib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov takidlaydiki, Shuni alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy siyosatni takomillashtirishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo'nalishga aylandi. Bundan ko'rinib turibdiki, jinoyat sudlov ishlarining xalqchillik qoidalarini nazarda tutuvchi iqrorlik va uzr asosida qurilgan mediatsiya tartibi yani taraflarlarning yarashuvi jinoyat sudlov ishlarini yuritishning liberallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy mulkchilik asosida rivojlangan davlatlarda huquqning ajralmas bo'lagiga aylangan mediatsiya qoidalari biz uchun begona bo'lmasada, bir oz yangilik deyish mumkin. Bir paytlar sobiq sho'rolar davridagi xususiy ayblov tartibida ishlarini yuritish, 2001 yildan o'zining ijobiy yutuqlari bilan amalda bo'lib kelayotgan yarashuv instituti ham jinoiy nizolarni ham qilishda taraflar va odil sudlov manfaatini uyg'unlashtirishda etarli emas. xalqaro statistik ma'lumotlarga ko'ra, yer yuzidagi huquq bilan hal qilinayotgan barcha nizolarning 35-40 % mediatsiya yo'li bilan hal qilinarkanu, mediatsiya tartibida hal qilingan nizolarning taxminan 85% kutilgan ijobiy natijani berar ekan. Amaldagi yarashuv institutining yanada rivojlantirish tendensiyalari bilan bog'liq jinoyat ishlarini yuritishda mediatsiya mavzusi quyidagi sabablarga ko'ra dolzarb hisoblanadi: Birinchidan, nazariyada mediatsiyani O'zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual qonunchiligiga joriy qilish, uning mazmuni, ta'sir doirasi va qo'lami haqida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.73 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
109.73 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc