Jinoyat protsessual kafolat tushunchasi va aybsizlik prezumptsiyasining huquqiy asoslari Reja: Aybsizlik prezumptsiyasining Jinoiy-protsessual talqini 2. Aybsizlik prezumptsiyasi haqiqatni aniqlash prinsipi Aybsizlik prezumptsiyasining Jinoiy-protsessual talqini yuqorida takidlaganimizdek, JPKning 23-moddasida belgilangan. Mazkur prinsipning mohiyati gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybdorligini isbotlash jarayonidan iboratdir. Insonni ayblash va davlat majburlovining jinoyat kodeksida nazarda tutilgan choralarini qo'llashdan avval, qonuniy tartibda aynan ushbu shaxs tomonidan jinoyatni sodir etilganligini isbotlash talab qilinadi. O'zbekiston Resmpublikasi Oliy sudi Plenumining 2003 yil 19 dekabrdagi Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoya huquqi bilan ta'minlashga oid qonunlarni qo'llash bo'yicha sud amaliyoti to'g'risidagi 17-sonli qarorida Gumon qilinuvchini, ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlashning muhim kafolati - uning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguncha va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmasligi haqidagi Konstitutsiyada belgilangan aybsizlik prezumptsiyasi prinsipiga qatiy amal qilinishidadir. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi zimmasiga ko'rsatuv berish majburiyati yuklanishi mumkin emas, o'z aybsizligini yoki ish bo'yicha biror-bir holatni isbotlash mas'uliyatini yuklashga ham yo'l qo'yilmaydi. Qonunga asosan bunday majburiyat jinoyat ishini yuritishga masul davlat organlari, mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatilgan. Aybdorlikka oid barcha shubhalar agar ularni bartaraf etishning imkoni bo'lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak. Qonunni qo'llashda kelib chiqqan har qanday shubha ham uning foydasiga hal etiladi - deb ko'rsatilgan. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga ko'rsatuv berish, aybdor emasligini yoki ishning boshqa biror holatlarini isbotlash majburiyati yuklanmasligi JPKning qator normalarida ham o'z aksini topgan (46-modda 3-qismi, 48-moddaning 3-qismi). Huquq-tartibot organlari ayblov uchun etarli dalil to'play olmasalar, shaxs aybsiz deb tan olinishi kerak. Bundan tashqari, JPK 23-moddasi 3-qismida keltirilgan qoida aybsizlik prezumptsiyasi uchun ahamiyatli bo'lib, unga muvofiq, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf qilish imkoni bo'lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Mazkur qoida jinoyat va jinoyat protsessual qonunlarini qo'llash bo'yicha yuzaga keladigan gumonlarga nisbatan ham qo'llanishi mumkin. Sir emaski, oddiy fuqaro avvalo, davlat nomidan ish ko'ruvchi mansabdor shaxslarning o'zlari qonun talablarini qanday bajarayotganliklariga etibor beradi. Agar o'sha organlar yoki mansabdor shaxslar qonunlarni oyoq osti qilsalar, mazkur qonunlarga bo'lgan etiqot susayadi, jamiyatning ma'naviy asoslariga putur etadi. Demak, jinoyat protsessida aybsizlik prezumptsiyasini amalga oshirilishi, ushbu huquqning jinoyat ishlarini yuritishga masul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ta'minlanishiga bog'liq. Surishtiruvchi, tergovchi tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchini so'roq qilishdan oldin, ularga protsessual huquq va majburiyatlarini tushintirish, himoyachi bilan shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo'lsa, boshqa himoyachilarni so'roqda ishtirok etishini ta'minlash; ishdagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini gumon qilinuvchi, ayblanuvchi zimmasiga yuklamaslik; himoyachining ishdagi ma'lumotlarini oshkor qilmaslik majburiyatini gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan bo'ladigan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.49 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.49 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx