Jinoyat protsessual kodeksi normalarining jiddiy buzilgan deb topish

Jinoyat protsessual kodeksi normalarining jiddiy buzilgan deb topish

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat protsessual kodeksi normalarining jiddiy buzilgan deb topish - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat protsessual kodeksi normalarining jiddiy buzilgan deb topish Reja: Jinoyat-protsessual Kodeksi normalarining buzilishi tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Jinoyat-protsessual Kodeksi normalari buzilishining turlari Jinoyat-protsessual Kodeksi normalari jiddiy buzilgan, deb topish asoslari va uning tasniflanishi, nazariy va amaliy tahlili Jinoyat-protsessual Kodeksi normalarining buzilishi tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. Jinoyat protsessida shakl tushunchasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bevosita mazmunga ta'sir etadi. Bu haqda ko'plab protsessualist olimlar o'z asarlarida to'xtalib o'tganlar. P.S.Elkind, - Shakl kategoriyasi jinoyat protsessida keng qo'llaniladi. U turli ko'rinishda bo'lib, o'zgaruvchanlikka moyil va nisbiydir. Ayni bir xil qoidalar va protsessual hodisalar turli bog'lanishlar va bevosita ifodalashda yo shakl ahamiyatiga yoki mazmun ahamiyatiga ega bo'lishi mumkin, - deydi. Jinoyat protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishi (JPKning 487-moddasi) jinoyat sudlov ishlarini yuritish vazifalari bilan bog'liq bo'lib, ularni aniqlashda maqbul usulni belgilaydi. Shakl qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaklga rioya qilmaslik qonun talabini jiddiy buzish deb topilib hukmni bekor bo'lishiga yoki o'zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham hukmni bekor qilish yoki o'zgartirish asoslari tizimida jinoyat protsessi vazifalarini xal etilmaganligidan dalolat beruvchi jinoyat protsessual faoliyati mohiyatiga daxl qiluvchi buzilishlar bilan bir qatorda sudlov ishlarini yuritish shakllarining buzilishi ham ko'rsatib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi JPKning 487-moddasida belgilangan jinoyat protsessual qonuni normasining jiddiy buzilishlarni quyidagicha tasniflash mumkin: jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonunda belgilangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki huquqini cheklaganligi to'g'risidagi qoidabuzarliklar. Bularga quyidagilar kiradi: 1) JPKning ish sudlanuvchi yo'qligida ko'rilgan bo'lsa (sudlanuvchi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan va sudga kelishdan bo'yin tovlagan, uning yo'qligi ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirda (JPKning 410-moddasi 3-qismi) yoxud tartibni buzganligi uchun sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan (JPKning 272-moddasi) holatlar bundan mustasno); 2) dastlabki tergov tamomlanganidan so'ng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qonunbuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan bo'lsa; 3) himoyachisi bo'lmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun so'z berilmagan bo'lsa; 4) sudlanuvchiga oxirgi so'z berilmagan bo'lsa; 5) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi buzilgan bo'lsa. 6) qonunga ko'ra himoyachining ishtiroki shart bo'lsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan yoki ko'rib chiqilgan bo'lsa. Sud ishini har tomonlama ko'rib chiqishga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta'sir qilgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qoidabuzarliklarga: 1) hukmni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan bo'lsa; 2) sudyaning hukmni yakka o'zi yoki hayat tomonidan chiqarishi tartibi buzilgan bo'lsa; 3) hukm chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan bo'lsa; 4) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar bo'la turib, dastlabki tergov va sud muhokamasi o'tkazilgan bo'lsa; 5) sud majlisi bayonnomasi ishga bo'lmasa. Jinoyat-protsessual Kodeksi normalari buzilishining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.32 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.32 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga