Jinoyat protsessual majburlov choralari

Jinoyat protsessual majburlov choralari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat protsessual majburlov choralari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat protsessual majburlov choralari Reja: 1.Jinoyat protsessual majburlov choralari tushunchasi va turlari 2. Ushlab turish 3. Ehtiyot choralari tushunchasi va turlari, ular qo'llanilishining asoslari va tartibi 4. Qamoqqa olish 5. Garov 6.Munosib xulq-atvorda bo'lish haqidagi tilxat 7. Shaxsiy kafillik va jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi 8. Voyaga yetmaganni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish Jinoyat protsessual majburlov choralari tushunchasi va turlari Surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlariga jinoyatlar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqqanda surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi borasida jinoyat ishlarini sudda yuritishga protsessual huquqlari hamda protsessual majburiyatlari bo'lgan fuqarolarni guvohlar, jabrlanuvchilar, ayblanuvchilar va boshqalar sifatida jalb qilishga to'g'ri keladi. Ushbu majburiyatlar jinoyat ishlarini sudda yuritishda ishtirok etuvchilar tomonidan aksariyat hollarda ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Ammo tergov va sud amaliyotida ayrim shaxslar tomonidan o'z protsessual majburiyatlarini bajarmaslik holatlari uchraydi. Jinoyat protsessual huquq qonun talablarini bajarmaydigan shaxslarga nisbatan yoki bunday bajarilmaslikning oldini olish uchun davlat majburlovini qo'llash imkoniyatini nazarda tutadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xulq-atvoriga ta'sir etish usullari sifatida qo'llaniladigan jinoyat protsessual tusdagi choralar jinoyat-protsessual majburlov choralari deb ataladi. Davlat majburlovining boshqa choralaridan ular shu bilan farq qiladiki, ular jinoyat ishini yuritish davrida qo'llaniladi va protsessual xususiyatga ega bo'ladi; vakolatli davlat organlari tomonidan o'zlarining vakolat doirasida qo'llaniladi; xulq-atvori yoki bunday xulq-atvor ehtimoli jinoyat ishlarini sudda yuritish muvaffaqiyatli olib borilishi uchun monelik qiladigan yoki monelik qilishi mumkin bo'lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan qo'llaniladi; ishlarni sudda yuritishning umumiy vazifalaridan kelib chiqadigan aniq maqsadlarga ega; qonunda nazarda tutilgan asoslar, shartlar mavjud bo'lganida hamda ularning qonuniyligi va asosliligini kafolatlaydigan tartibda qo'llaniladi; alohida mazmunga va xususiyatga ega bo'ladi. Protsessual majburlov choralari deganda jinoyat-protsessual qonunda nazarda tutilgan majburlov xususiyatidagi vositalar tushunilib, ular jinoyat ishi yuritilishi uchun mas'ul bo'lgan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va asoslar bo'lgandagina jinoyat protsessi ishtirokchisiga nisbatan uning tergov yoki sud harakatlari o'tkazilishiga monelik qiladigan noqonuniy xulq-atvorining, unga yuklatilgan vazifalar bajarilmasligining oldini olish, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchining kelgusidagi jinoiy faoliyatiga chek qo'yish hamda jinoyat ishlarini sudda yuritish boshqa vazifalarini bajarish maqsadida qo'llaniladi. Barcha jinoyat protsessual majburlov choralari uchun ular qo'llaniladigan shaxslarning irodasi va xohishidan qat'i nazar amalga oshirilish imkoniyati umumiy hisoblanadi. Lekin bunday imkoniyat hamma vaqtda ham amalda ro'yobga chiqmaydi, chunki fuqarolar ko'pincha mansabdor shaxsning o'z majburiyatlarini bajarishiga nafaqat monelik qilmaydi, balki ixtiyoriy va ongli ravishda huquq me'yorlarining ko'rsatmalarini bajaradilar. Majburlov fuqarolarning shaxsiy, mulkiy va boshqa subyektiv huquqlarini toraytirish va cheklashda ifoda etiladi. Fuqarolar huquqlarini cheklashga quyidagilar taalluqli bo'lishi mumkin: erkinlikni, turar joy daxlsizligini, yozishmalar sirlarini, harakatlanish erkinligini, muayyan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.6 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 75.6 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga