Jinoyat protsessual majburlovning boshqa choralari Reja: 1.Lavozimdan chetlashtirish 2. Majburiy keltirish 3. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish 4. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash. Surishtiruv, dastlabki tergov va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganlik uchun javobgarlik Lavozimdan chetlashtirish JPKning 255-moddasida nazarda tutilgan lavozimdan chetlashtirish jinoyat-protsessual majburlov chorasi sifatida aniq ifoda etilgan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ko'rib chiqilayotgan bu protsessual majburlov chorasi, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o'z ish joyida qolsa, u jinoyat ishi bo'yicha haqiqatni aniqlashga, jinoyat oqibatida etkazilgan zararni qoplashga to'sqinlik qiladi yoki jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga etarli asoslar bo'lsa, qo'llanilishi mumkin. Bunda ayblanuvchi, sudlanuvchi mansabdor shaxs bo'lishi kerak. Mansabdor shaxs va masul mansabdor shaxs tushunchasi Jinoyat kodeksining 8-bo'limida berilgan. Quyidagilar masul mansabdor shaxslar hisoblanadi: 1) hokimiyat vakillari; 2) davlat korxonasi, muassasasi yoki tashkilotlarida saylash yoki tayinlash bo'yicha doimiy yoxud vaqtincha tashkiliy boshqaruv ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarish bilan bog'liq lavozimlarni egallab turgan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar; 3) mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, davlat boshqaruvi yuzasidan belgilangan tartibda hokimiyat vakolati berilgan jamoatchilik vakillari; 4) ikkinchi bandda nazarda tutilgan vazifalarni fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida bajarish bilan bog'liq mansablarni egallovchi shaxslar. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimdan chetlashtirish asoslari jinoyat ishi materiallarida shaxs o'zi egallab turgan xizmat holatiga ko'ra jinoiy faoliyat olib borish (davom ettirish, masalan xizmat bo'yicha bunday shaxsga bo'ysungan voyaga yetmaganlarni ichkilikbozlikka jalb etish) yoki jinoyat ishi bo'yicha xolis haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilish (u yoki bu hujjatlarni olib qo'yish yoki mazmunini o'zgartirish, xizmat bo'yicha bo'ysunuvidagi guvohlar va jabrlanuvchilarga ular so'roq qilinganda o'ziga qulay bo'lgan ko'rsatuvlar berishi maqsadida ruhiy ta'sir etish) istagida bo'lganligi haqida guvohlik beruvchi haqiqiy ma'lumotlar to'plami mavjudligi bilan vujudga kelishi kerak. Jabrlanuvchini, sudlanuvchini lavozimdan chetlashtirish to'g'risida qaror qabul qilib, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror bu haqda qaror chiqaradi, sud esa ajrim chiqaradi. Surishtiruvchining, tergovchining bu haqdagi qarori prokuror roziligini olishi zarur (JPK ning 256-m.). Qarorda yoki ajrimda quyidagilar ko'rsatiladi: lavozimdan chetlashtiriladigan shaxs; uning ish joyi; lavozimdan chetlashtirish asoslari; shuningdek, korxona muassasa, tashkilotning vakolatli rahbarlariga shaxsni lavozimdan chetlashtirish to'g'risida yo'naltirilgan talab. Qaror yoki ajrim albatta asoslangan bo'lishi kerak. Ayblanuvchini lavozimdan chetlashtirish to'g'risidagi qarorda prokuror ruxsatini olishi kerak (JPK ning 256-m.). Prokuror tomonidan bunday qarorning qonuniyligi va asoslanganligini tekshirish mansabdor shaxslarni asossiz ayblovlardan himoya qilishning muhim, zarur kafolati hisoblanadi, butun davlat apparatini mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimdan chetlashtirish to'g'risidagi qaror yoki ajrim, bunday choraga keyinchalik zarurat qolmagan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan bekor qiladi (JPK ning 257-m.). Sud oqlov hukmida yoki ishni tugatish to'g'risidagi ajrimida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.17 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.17 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc