Jinoyat protsessual qonun hujjatlari

Jinoyat protsessual qonun hujjatlari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat protsessual qonun hujjatlari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat protsessual qonun hujjatlari Reja: 1.O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining rivojlanish tarixi 2. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi 3. Jinoyat protsessual qonun hujjatlarining vazifalari 4. Jinoyat protsessual qonun hujjatlarining vaqt va hudud bo'yicha, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi 5. Sudlar, prokurorlar va tergovchilarning xorijiy davlatlarning tegishli muassasalari bilan aloqada bo'lish tartibi va ularning protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi topshiriqlarini ijro etishi 6. Jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi topshiriq 7. Xorijiy davlatdan shaxsni ushlab berishni talab qilish va uning javobgarlik doirasi. Boshqa davlatga shaxsni ushlab berishni rad etish O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining rivojlanish tarixi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari institutining mohiyatini ochib berish uchun uning tarixiga nazar tashlash zarur. O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan Jinoyat-protsessual kodekslari qabul qilingan tarixiy sanalari quyidagicha bo'lgan. 1922 yilgi RSFSRning birinchi jinoyat-protsessual kodeksi Turkiston ASSR hududida ham amalda bo'lgan. 1926 yilgi, O'zbekistonning birinchi JPK 1926 yil 16 iyunda qabul qilingan va u 1 iyuldan kuchga kirgan. Shu paytdan e'tiboran RSFSR, Buxoro va Xorazm halq Respublikalari JPKlari o'z kuchini yo'qotgan. Ushbu Jinoyat-protsessual kodeks 6 bo'lim, 32 bob, 455 moddadan iborat bo'lgan 1929 yilgi, O'zbekistonning ikkinchi JPK 1929 yil 29 iyunda qabul qilinib, shu yilning 1 avgustidan kuchga kirgan. Ushbu Jinoyat-protsessual kodeksi 18 bob, 175-moddadan iborat. 1959 yilgi, O'zbekistonning uchinchi JPK Oliy Sovetning 5-chaqiriq 2-sessiyasida 1959 yil 21 mayda qabul qilinib, 1960 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan. Ushbu Jinoyat-protsessual kodeks 8 bo'lim, 29 bob, 378-moddadan iborat bo'lgan[19] Sud sohasida yuz bergan o'zgarishlarning muhim bosqichini Markaziy Osiyo hududi ustidan sovetlar tuzumining o'rnatilishi davri tashkil qiladi. Zotan, ushbu davr xalqimiz tarixidan o'ta murakkab ziddiyatli jarayonlar davri sifatida o'rin olgandir. Turkiston Respublikasi RSFSR tarkibiga kirib, RSFSRda amalda bo'lgan qonunlar o'lkamiz hududidagi sudlov amaliyotiga joriy etilar edi. 1922 yilda qabul qilingan RSFSRning birinchi Jinoyat-protsessual kodeksi shular jumlasidandir. Mazkur kodeksning amaliy faodiyatga kiritilishining muhim ahamiti shunda ediki, unda ilk bor sudlov tizimi hamda uni yuritishda ishtirok etuvchi subyektlar o'rtasida vujudga keladigan va kechadigan protsessual munosabatlar muayyan bir tizimga solindi. Chunki bunga qadar, yuqorida qayd etilganidek, sudlov tizimida bir-birini takrorlovchi, protsessual tartiblarning xilma-xilligi, protsessual kafolatlar masalasini turli darajada hal qilinganligini kuzatish mumkin. Turkistonga ham joriy etalgan RSFSRning 1922 yildagi JPKga taalluqli ijobiy xususiyat unda ilgari surilgan g'oya: nulla poena sine 1yegye, buning ma'nosi agar, qonun bilan belgilanmagan bo'lsa, demak, bunday harakat na jinoyat hisoblanadi, na shunday harakatni qilgai shaxsni jazolash mumkin. Biroq ushbu kodeks jinoyat qonunchiligini qiyoslash asosida qo'llash, dastlabki tergov bosqichida himoyachining ishtirokini cheklashni saklab qolgandi. Bundan tashqari, qayd etilgan JPKda muayyan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.09 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.09 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga