Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 28-mavzu Dalillar va isbot qilinishi lozim bo'lgan holatlar Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz berganmi yoki yo'qligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga molik. Boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo'ladigan har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo'yicha dalil hisoblanadi. Bu ma'lumotlar guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko'rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. Qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari Jinoyat protsessual kodeks normalariga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan so'ng jinoyat ishi bo'yicha dalillar deb e'tirof etilishi mumkin. Isbot qilishda quyidagilar taqiqlanadi: 1) Shaxslarning hayoti va sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan yoki ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar sodir etish; 2) Zo'rlik, po'pisa qilish, aldash va qonunga xilof boshqa yo'llar bilan ko'rsatuv, tushuntirish, xulosalar olishga, eksperimental harakatlarni bajarishga, hujjatlar yoki buyumlar tayyorlanishiga va berilishiga erishish; 3) Tungi vaqtda, ya'ni kech soat 22-00 dan ertalab soat 6-00 gacha tergov harakatlari olib borish. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatning oldini olish, jinoyat izi yo'qolishiga yoki gumon qilinuvchining qochib ketishiga yo'l qo'ymaslik, eksperiment jarayonida tekshirilayotgan hodisaning holatini qaytadan tiklash zarurati bo'lgan hollar bundan mustasno. Tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo'yiladigan narsalar va hujjatlar tegishli bayonnomalarda aniq ko'rsatiladi. So'roq qilish Surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, gumon qilinuvchini va ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov o'tkaziladigan joyda yoki so'roq qilinuvchi qayerda bo'lsa, o'sha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so'roq qiladi. So'roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni biladimi, u qaysi tilda ko'rsatuv bera olishi mumkinligini ham aniqlashtirishi lozim. So'roq qilinuvchining shaxsi aniqlangandan keyin unga Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi so'roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. So'roq qilish chog'ida surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan voyaga yetmaganning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Himoyachi va qonuniy vakil gumon qilinuvchiga va ayblanuvchiga savollar berishga haqli. So'roq oxirida himoyachi va qonuniy vakil bayonnoma bilan tanishish va u haqda o'z mulohazalarini bildirishga haqlidir. Savol va topshiriqlar 1. Dalillar nima uchun kerak? Isbot qilishning umumiy shartlarini tushuntirib bering. 2. Voyaga yetmaganlarning ishlari bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarni tushuntirib bering? 3. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini so'roq qilish shartlari nimadan iborat? 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Farmoni qanday munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi? ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: pptx