Jinoyat sodir qilish bosqichlari Reja: Jinoyat sodir qilish bosqichlari tushunchasi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bosqichi. Jinoyatga suiqasd qilish bosqichi. Tamom bo'lgan jinoyatlar. Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo bo'lishidan boshlab toki uni to'liq amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishishgunga qadar bo'lgan davr) oralig'ida amalga oshiriladigan harakat(harakatsizlik) sifatida tushiniladi. Jinoyatning tamom bo'lganligini aniqlash sodir etilgan jinoyat tarkibiga bog'liq bo'ladi. Jinoyat sodir etish bosqichlari - bu qasddan jinoyat sodir etishning muayyan bosqichi bo'lib, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyatga suiqasd qilish va tamom bo'lgan jinoyatlarda ifodalanadi. A.S.Yakubovning fikriga ko'ra, jinoyat sodir etishning dastlabki bosqichi qasdning shakllanish bosqichi hisoblandi. Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning shakllanishi va aniqlanishi: birinchidan, jinoyatni jinoiy bo'lmagan qilmishlardan ajratish imkonini beradi; ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktik faoliyati samaradorligiga ko'maklashadi. Ijtimoiy xavflilik nafaqat tamom bo'lgan, balki tamom bo'lmagan jinoyatlarning ham asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Bu jinoyatlar uchun javobgarlik belgilash orqali qonun shaxsning huquq va erkinliklarini, mol-mulkini, jamoat tartibi va xavfsizligini, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi va qonun himoyasida bo'lgan boshqa obyektlarni himoya qiladi. Barcha jinoiy qilmishlarda ham jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bosqichi mavjud bo'lmaydi. Jinoyat ehtiyotsizlik orqasida, jumladan, harakatsizlik bilan jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud bo'lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda harakatsizlik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. (Masalan, onaning o'z chaqalog'ini o'ldirish maqsadida ovqatlantirmasligi). Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish dastlabki yoki tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu qilmishlarning tugallangan jinoyatdan unda Maxsus qism moddasida ko'rsatilgan jinoyat belgilari to'liq bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilarning to'liq bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo'qligi bilan farq qiladi. Tugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalovchi barcha belgilar mavjud bo'ladi. Tamom bo'lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxsning jinoiy faoliyati o'ziga bog'liq bo'lmagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki suiqasd qilish bosqichida to'xtatilgan bo'lsagina vujudga keladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish uchun jinoyat qasddan bo'lishi kerak. Egri qasdda jinoyat sodir etishning ushbu ikki bosqichi bo'lmaydi. Chunki jinoyatga tayorgarlik ko'rish va suiqasd qilishda shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo'ladi. Masalan, odam o'ldirishga suiqasd qilish faqat to'g'ri qasd bilan sodir etiladi, qachonki shaxs o'lim yuz berishini anglagan va istagan bo'lgandagina suiqasd bo'lishi mumkin. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish faqat to'g'ri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo'ladi. Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda esa jinoyatga tayorgarlik ko'rish va suiqasd qilish boqichlari bo'lmaydi. Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko'rishi yoki suiqasd qilishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoiy oqibat uning harakat ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.25 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.25 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc