Jinoyat subyekti tushunchasi

Jinoyat subyekti tushunchasi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat subyekti tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Jinoyat subyekti Jinoyat subyekti tushunchasi Jinoyat huquqi nazariyasiga ko'ra har qanday ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan, qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo'ladi. Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir, ya'ni jinoyat sodir qilgan shaxs bo'lmasa, o'z-o'zidan jinoyat ham bo'lmaydi. Jinoyat qonuniga muvofiq jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo'la oladi va Jinoyat kodeksining 17-moddasida yozilishicha: Jinoyat sodir etgunga qadar o'n olti yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar Yuridik shaxs(tashkilot, muassasa, korxona va hokazo)lar jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, bir qator chet el davlatlarining jinoyat qonuniga ko'ra yuridik shaxs ham jinoyatning subyekti bo'la olmaydi. Lekin tashkilot, muassasa, korxona faoliyati bilan bog'liq jinoiy oqibat uchun to'g'ridan-to'g'ri uning rahbarlari va mas'ul shaxslar javob beradilar. Bular asosan ekologiya sohasidagi jinoyatlardir. (Masalan, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish(193-modda), yerdan, yer osti boyliklaridan foydalanish va qo'riqlash qoidalarini buzish(197-modda), o'simliklar, o'rmon va boshqa ekinlarni yo'q qilish yoki zarar yetkazish(198-modda) va hokazo). Sud-tergov amaliyotida hayvonlar tomonidan jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilgan ishlar ham uchrab turadi. Masalan, hayvonlar tomonidan insonga har xil darajadagi tan jarohati yetkazilishi, shuningdek,, hayvonlar tomonidan insonlarga jinoiy maqsadlarda hujum qilinganligi ham uchraydi. Bu hollarda: birinchidan, inson tomonidan maxsus o'rgatilgan itga buyruq berilishi natijasida inson sog'lig'iga zarar yetkazilsa, bunda hayvon tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgar bo'ladi. Ikkinchi holatda, biron-bir hayvon tomonidan o'zgalarning aralashuvisiz inson sog'lig'iga zarar yetkazilgan bo'lsa, uning egasi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi va bunday holda hayvon egasining fuqarolik-huquqiy javobgarligi to'g'risidagi masala qo'zg'atilishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs, ya'ni insongina bo'la oladi. Aqli rasolik, bu jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biridir. Jinoyat kodeksining 18-moddasida: «Jinoyat sodir etish vaqtiida o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o'z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi», deyiladi. Shunga ko'ra Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo'lgan, ya'ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha bo'zilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi(Jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismi). Lekin bu aqli noraso shaxsga qilmishi uchun hech qanday chora ko'rilmaydi, degani emas. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilishi mumkin(18-modda 3-qismi). Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e'lon qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni o'tayotgan vaqtida yoki ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf tug'dirganida, qo'llaniladi. Aqli norasolik 2 ta: yuridik va tibbiy mezonlar bilan ifodalanadi. Shaxsni aqli noraso ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 310.03 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 310.03 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga