Jinoyat sudlov ishlarini yuritishda sud nazoratining tashkil topishi va rivojlanishi Reja: Huquqiy davlat - bu fuqarolarning huquqiy jamiyati Jinoyat protsessida sud nazoratiga oid tarixiy jarayonlar Jinoyat protsessining tarixiy shakllari Mamlakatimizda huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyat barpo etish maqsadida qonunchilik va sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashning tom manodagi kafolati sifatida namoyon bo'lmoqda. Huquqiy davlatda har qanday masala qonunlar, huquqiy me'yorlar asosida adolatli yo'l bilan hal etiladi. Qonun jamiyat va davlat hayotidagi eng muhim munosabatlarni tartibga soladi. Huquqiy davlatning amal qilishdagi bosh omili qonunning ustivorligini ta'minlashdadir. Huquqiy davlat to'g'risidagi nazariyaning falsafiy asosi: davlat - bu huquqiy qonunlarga bo'ysindirilgan juda ko'p odamlarning birlashuvidir, - deb takidlagan edi buyuk mutafakkir Emmanuel Kant. Uning fikricha, fuqarolar begonalashmasligining asosi ularning qonun oldidagi tengligidadir. Huquqiy davlat - bu fuqarolarning huquqiy jamiyati, yani huquq hukmronlik qiluvchi jamiyat qurishning boshlang'ichidir. Huquqiy davlat to'la amal qilgan sharoitda demokratik erkinliklar va inson huquqlari keng quloch yoyadi. Istiqlol tufayli tarixan juda qisqa vaqt ichida asrlar mobaynida davlat qurilishi sohasida amalga oshirilmagan ko'p narsalarga erishildi. Mustaqil O'zbekistonning o'ziga xos va mos huquqiy davlat yo'li tanlab olindi. Eng muhimi kishilar ongida o'zini o'zi anglash milliy-psixologik uyg'onishlar, mustaqillikni asrash va avaylash, uning qadriga etish tuyg'ulari shakllandi. Fikrimizcha, sud-huquq tizimini hozirgacha va bundan buyon isloh qilishning mohiyati va manosi adolat va haqiqatga intilish va erishish bo'lishi kerak. Ayni mana shu talab sud-huquq islohotlari tamoyilining o'zagiga, uning ruhi va mohiyatiga aylanishi, sud-huquq tizimini isloh qilishning butun jarayoniga daxl bo'lib qolmay balki, jamiyat-davlat qurilishini butunlay isloh qilish jarayonining tarkibiy qismiga ham aylanishi kerak. Qaerda sud mustaqil bo'lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar,- deb takidlaydi yurtboshimiz. Jinoyat protsessida sud nazoratiga oid tarixiy jarayonlarni o'rganish doimiy ravishda adolat va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan huquqiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat ekani hamda buning kafolati sifatida sud nazoratini rivojlantirish zarurligini takidlash hamda kelajakda huquqiy davlat, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish uchun sud nazoratini yanada kuchaytirish lozimligini etirof etishdir. Jinoyat protsessida sud nazoratini tashkil topishi va rivojlanishi uzoq tarixiy davrdan, yani Rossiyada 1864 yilda amalga oshirilgan sud islohotidan boshlandi. 1864 yildagi Rossiya - sud islohotiga qadar sud tizimi ikkita instansiyada faoliyat ko'rsatgan. Birinchi instansiyada mirovoy (kelishtiruv) sudlari, ikkinchi instansiyada - apellyatsiya sudlari. Ikkinchi instansiya sudi oxirgi instansiya bo'lib, uning qarori darhol ijroga qaratilishi lozim edi. 1864 yildagi sud islohotiga binoan uch bosqichli sud tizimi, yani birinchi instansiya sudi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari joriy etildi. Birinchi marotaba 20 noyabr 1864 yilgi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.15 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.15 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: docx