Jinoyat uchun jazo tayinlash qoidalarini liberallashtirish O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi jinoyat uchun jazo tayinlash borasida jinoyat qonunida bir qator muhim va yangi qoidalarni nazarda tutadi, shuningdek, muqaddam qabul qilingan jinoyat qonunlaridan jazo tayinlash borasida qo'llaniladigan asosiy prinsiplar, umumiy qoidalari jihatidan keskin farq qiladi, ushbu holat O'zbekiston Respublikasida jinoyatga oid siyosatning tubdan o'zgarganligi, jinoyat uchun jazo tayinlash qoidalarini liberallashtirish borasidagi islohotlarning jadallik bilan amalga oshirilayotganligiga bevosita bog'liqdir. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazoning turi va miqdorini tayinlash sudlar faoliyatining eng og'ir va mas'uliyatli bosqichlaridan biri hisoblanadi. Odil jazo chorasini tayinlash jinoyatchilik bilan kurash borasida asosiy vosita bo'lib, u sudlanuvchilarni tuzatish, ularning jinoyat sodir etishiga to'sqinlik qilish, umumiy va maxsus oldini olish maqsadlariga xizmat qiladi. Shuningdek, jinoiy jazo choralarini qo'llashda qonun talablariga so'zsiz rioya etilishi odil sudlovning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi va faqat odilona jazo qo'llashgina inson huquqlari bo'yicha demokratik institutlarni rivojlantirishning kafolati bo'lib xizmat qiladi1. Yuridik adabiyotlarda odil sudlovni amalga oshirishning aynan ushbu bosqichiga juda katta etibor beriladi, zero, aynan shu bosqichda jinoyat qonunining ijtimoiy ahamiyati namoyon bo'lib, birinchi o'ringa jazoning optimal chorasini tayinlash muammosi vujudga keladi. Ushbu hol huquqni qo'llovchi tomonidan jazo chorasini baholash jarayoni bo'lib, uning hamma jihatlarini amaliy jihatdan formallashtirish mumkin emas2. Shuning uchun o'z vaqtida I.S. Noy bu borada bejiz takidlamagan edi: «muayyan jinoyat uchun muayyan jazo tayinlashni mantiqiy jihatdan asoslab berish mumkin emas». Bu borada I.I. Karpets shunday yozgan edi: «Jazo faqat muayyan jinoyat sodir etgan shaxslar (va boshqalar) jinoyat sodir etmasligi uchun emas, balki uni sodir etgani uchun ham tayinlanadi. Chunki shaxsning qilmishi jazoga sazovordir».3 Shunday qilib, tayinlanadigan jazo faqat huquqiy chora bo'lib qolmasdan, balki ijtimoiy chora hamdir. Bu borada V.A.Nersesyan takidlaganidek, o'z mazmuni, funksiyasi, xarakteri va tajovuz obyektlariga ko'ra, jazo faqat huquqiy hodisa emas, balki u ancha keng mazmunga ega bo'lib, bir qator ijtimoiy aspektlar bilan bevosita bog'liqdir. Jinoyat uchun jazo tayinlash jarayoni jinoyat qonunining asosiy institutlaridan biri bo'lgani holda, yuridik adabiyotlarda u jinoyat ishlari bo'yicha sudlarning1, sud jarayonining2 asosiy bosqichi, odillik timsoli, keltirilgan zarar uchun o'ch olish akti3, odil sudlovni amalga oshirish cho'qqisi, odillik prinsipini hayotga tadbiq etishning yirik ta'limoti sifatida qaraladi4. Bu borada M.H.Rustamboev takidlaganidek, jazo tayinlash - ijtimoiy munosabatlarni jinoyat-huquqiy tarafdan himoya qilishning asosiy bo'g'inlaridan biridir. Bunga sabab, jazoning o'zi bu jinoyat-huquqiy himoya qilish mexanizmining aossiy elementi bo'lib, davlat jazo choralarini tanlash jarayoni qanchalik to'g'ri va sermahsul tashkil etilganligi va qanchalik darajada natija berishini aniqlab beradi.5 Jinoiy jazo va jazo tayinlash masalalari borasida turli fikrlar bildirilgan bo'lishiga qaramasdan, uchta muammo ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.08 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.08 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:26 ]
Arxiv ichida: doc