Jinoyat va jinoyatlar tushunchasi jinoiy javobgarlik asoslari

Jinoyat va jinoyatlar tushunchasi jinoiy javobgarlik asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyat va jinoyatlar tushunchasi jinoiy javobgarlik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyat va jinoyatlar tushunchasi jinoiy javobgarlik asoslari Reja: Jinoyat tushunchasi va uning belgilari. Jinoyatlarni tasniflash va uning huquqiy ahamiyati. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning asoslari. Jinoyatchilik tushunchasi. Jinoyat huquqining Umumiy qismi ikkita asosiy tushuncha bilan bog'liq bo'lib, ular jinoyat va jazo tushunchalaridir. Shunga ko'ra jinoyat tushunchasi jinoyat huquqining eng muhim va asosiy kategoriyasidir. O'zR JKning 2-moddasida Jinoyat kodeksining vazifalari belgilanar ekan, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo'riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratligi ko'rsatilib, jinoyatlarning doirasi umumiy tarzda bayon qilinadi. O'zR JKning 14moddasida esa jinoyat tushunchasi beriladi. Unda Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi, deyiladi. Demak, jazolash bilan qo'rqitib, jinoyat qonunida taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni (harakat yoki harakatsizlikni aybli sodir etish jinoyat deb topiladi. Jinoyat - insonning ongli faoliyati, alohida kishining ongli qonun bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishidir. Kishining huquqqa xilof qilmishi faol harakat yoki harakatsizlikda ifodalanishi mumkin. Insonning har bir harakati yoki harakatsizligi uning ongi bilan boshqarilgan bo'lishi kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat hisoblanadi. O'zR JKning 14-moddasida jinoyatga berilgan ta'rifni tahlil qilish orqali uning belgilarini aniqlash mumkin va ular quyidagilardan iborat: 1) qilmishning huquqqa xilofligi; 2 ijtimoiy xavfliligi; aybning mavjudligi; qilmish uchun jinoyat qonunida jazo belgilanganligi (jazoga sazovorligi). Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishda ana shu belgilarning barchasi bir vaqtda mavjudligi uni jinoyat deb topishga asos bo'ladi. Ana shu belgilardan bittasi bo'lmasa qilmish jinoyat deb topilmaydi. Qilmishning huquqqa xilofligi. O'zR JK ning Maxsus qismi moddalarida jinoyatlarning qatiy ro'yxati berilgan bo'lib, bu moddalarda aytilgan qilmishlarni sodir qilish taqiqlanadi. Ularni sodir qilish esa huquqqa xilof hisoblanadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismida jinoyat deb hisoblanmagan va jazo nazarda tutilmagan qilmishlar har qanday oqibatga sabab bo'lganligidan qati nazar, jinoyat hisoblanmaydi. Qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun albatta, JK Maxsus qismi moddasida ko'rsatilgan va buning uchun jinoiy jazo nazarda tutilgan bo'lishi kerak. U yoki bu qilmishni jinoyat deb hisoblash va Jinoyat kodeksiga kiritish masalasini faqat qonun chiqaruvchi organ (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi) hal qiladi. U yoki bu qilmishni kriminalizatsiya yoki dekriminalizatsiya qilish masalasi jamiyatda shunday qilmishlarning mavjud ijtimoiy munosabatlar uchun xavf tug'dirishi, malum darajada bunday harakatlarning ko'payishi bilan ham bog'liqdir. Jinoyat kodeksining Maxsus qismida jinoyatlarning qatiy ro'yxati berilgan bo'lib, bu jinoyatlarni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin: kriminologik jinoyatlar; jinoyat-huquqiy jinoyatlar; Kriminologik jinoyatlar insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ijtimoiy xavfli hisoblanib mavjud odat, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.94 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.94 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga