Jinoyatchi shaxs psixologiyasi Reja: Jinoyatchi shaxsi va uning o'ziga xos psixologik xususiyatlari Kriminogen vaziyat Insoniylikka zid, tajovuzkorona yo'nalishdagi jinoyatchilar Jinoyatchi shaxsi va uning o'ziga xos psixologik xususiyatlari Inson xulqi murakkab va ko'p qirrali hodisa bo'lib, uni o'rganishda tizimli yondashuv va ehtimol tutilgan jarayonlar haqidagi zamonaviy tasavvurlarga ega bo'lish talab qilinadi. Har bir axloqiy hodisaning mohiyati uning shaxs xulqining umumiy tuzilishidagi o'rni bilan bog'liq. Individual rivojlanish jarayonida axloqiy tizimlar individual axloqiy strategiyaning murakkab majmuiga aylanadi va shaxsning axloqiy tipini hosil qiladi. an'anaga ko'ra, g'ayriijtimoiy xulq sabablari ikki guruhga - ijtimoiy va biologik sabablarga ajratiladi. Biroq, axloq-odob me'yorlari (qoida)dan og'uvchi xulqning ko'plab ko'rinishlarini tahlil qilish mazkur muammoni boshqacharoq, yani tizimli-integratsiyalashgan (birlashgan) holda o'rganish zarur, degan xulosaga olib keladi. Ijtimoiylik yoki biologiklik omillariga «ruhiylik» nomli tizim hosil qiluvchi omilni kiritish hamda inson xulqining sababiy bog'lanishlari (determinatsiyasi) bilan bog'liq barcha muammolar majmuini ijtimoiy-psixologik-biologik sabablar deb atash zarur. Bunda «psixologik» jihatning o'rtada joylashgani uning ham ijtimoiy, ham biologik omil uchun birlashtiruvchi funksiyaga egaligini anglatadi. G'ayriijtimoiy xulq sabablari haqida so'z borar ekan, avvalo, muammoni tahlil qilishning asosiy prinsiplarini keltirib o'tamiz. G'ayriijtimoiy xulq, normadagi xulq kabi, ko'p omillidir, u bir yoki hatto bir qancha sabablarning oqibati emas. Biroq, alohida olingan individual axloqiy ko'rinishning ko'p omillar bilan bog'liqligi va ehtimolli xususiyati uni o'rganib bo'lmasligini bildirmaydi. Bu o'rinda shaxsning tipik individual-psixologik xususiyatlari va axloqiy qarashlarini aniqlash ustun ahamiyatga ega. Ijtimoiy va biologik omillar o'z-o'zicha emas, balki jinoyatchi xulqining tipini hosil qiluvchi uning shaxsiy-psixologik xislatlarida birlashgan holda g'ayriijtimoiy xulqning aniqlovchilariga aylanadi. G'ayriijtimoiy xulq ijtimoiy ijobiy xulqdan yo'nalishining mazmuni bo'yicha ham, psixoregulyatsion xususiyatlari bo'yicha ham ajralib turadi. Shaxs xulqi uning ehtiyojlari, anglangan va anglanmagan mayllari tizimi, oldiga maqsad qo'yish va unga erishish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Agar uni sxema tarzida tasvirlaydigan bo'lsak, quyidagicha ko'rinish hosil qiladi. Aksariyat jinoyatchilarning xulqiga ijtimoiy qadriyatlarga moslasha olmaslik (dezadaptatsiya) va o'zini o'zi boshqarishdagi nuqsonlar xosdir. Individning o'zini o'zi boshqarish imkoniyatlari past darajada bo'lganida, g'ayriijtimoiy mayllari, odatlari nafaqat nazorat qilinmaydi, balki ularning o'zlari xulqning maqsad hosil qiluvchi mexanizmlariga aylanadi. G'ayriijtimoiy xulq individning o'z ijtimoiy mas'uliyatini himoya qilish (o'zini oqlash) motivatsiyasi, umum qabul qilingan ijtimoiy qadriyatlarning qadrsizlanishi asosida amalga oshiriladi. Inson xulqi uning ehtiyojlari va yo'nalganlik sohasi, qabul qilgan qadriyatlar tizimi, umuminsoniy madaniyatdan bahramandlik darajasi bilan bog'liqdir. Inson hayvondan farqli ravishda qandaydir yagona xulq tizimlariga mahkum emas, u ko'p funksiyalidir. Uning xulqini aniq instinktiv (tug'ma) mayllari emas, balki ijtimoiylashuv darajasi yuzaga keltiradi. G'ayriijtimoiy xulq - mojaroli xulq bo'lib, doimo jamiyatda, ijtimoiy guruhlarda, shaxs bilan ijtimoiy guruh, ayrim shaxslar ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.3 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.3 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: doc