Jinoyatchi shaxsi Reja: «Jinoyatchi shaxsi» tushunchasi Jinoyatchi shaxsiga xos bo'lgan xususiyatlar tizimi Jinoyatchi shaxsiga xos bo'lgan ijtimoiy va biologic xususiyatlar Jinoyatchi shaxsining kriminologik tavsifi «Jinoyatchi shaxsi» tushunchasi Jinoyatchi shaxsini ilmiy jihatdan o'rganish o'z mazmun va mohiyatiga ega. Bunga kriminologiya fani o'z ehtiyoji nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, kriminologiyada «jinoyatchi» va «jinoyatchining shaxsi» kabi atamalar kategoriya, ya'ni har biri mustaqil tushunchalar sifatida talqin etiladi. Birinchidan, jinoyatchilar deyilganda aqli raso shaxslar tushuniladi. Boshqacha aytganda, aqli raso shaxslar qatoriga ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida ruhiy betobligi yoki vaqtinchalik ruhiy tushkunligi oqibatida o'z xatti-harakatlariga javob bera olmaydigan shaxslar kiritilmaydi. Bu borada jinoyat huquqi fanida ham o'ziga xos yondashuv mavjudligi o'quvchiga yaxshi ayon. Ikkinchidan, jinoyatchilar o'z harakatlari bilan jinoyat qonunchiligida jinoyat tariqasida qayd etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizligi natijasida sodir etadilar. Bu qilmishlar, ya'ni zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat yoki tavakkalchilik holatlari qonun asosida farqlanishi lozim. Uchinchidan, «jinoyatchi» tushunchasi kriminologiya nuqtai nazaridan bir muncha keng mazmunga egaligiga e'tibor qaratish lozim. Ya'ni kriminologiya nuqtai nazaridan «jinoyatchi» tushunchasi o'z ichiga mah- kumni ham yoki jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni ham oladi. Jinoiy qilmish sodir etib qonun asosida javobgarlikdan ozod qilingan shaxslar ham shular jumlasiga kiradi. Mahkum - qonunan kuchga kirgan sud hukmi asosida jazoni o'tayotgan shaxs. Shuning uchun ham jinoyatchilar haqida olib boriladigan umumiy statistik ko'rsatkichlar hisobiga mahkumlar miqdori ham kiritiladi. «Jinoyatchi shaxsi» tushunchasi esa o'ziga xos ravishda jinoyatchining ijtimoiy belgilarini ifodalaydi, ya'ni shaxsning «ijtimoiy qiyofasi»ni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kriminalistika fani shaxsga moddiy voqelik nuqtai nazaridan - bo'yi, qaddi-qomati, ko'zi, qoshi kabilarni tavsiflash bilan emas, balki kriminologiya fani ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, asosan, ijtimoiy holatlari orqali ta'rif beradi. «Jinoyatchi shaxsi» va «jinoyatchi» atamalari xususida fikr yuritilganda «shaxs» va «odam» tushunchalari o'rtasida mavjud farqqa e'tiborni qaratish lozim. Chunki «odam» - nisbatan kengroq tushuncha, «shaxs» esa uning faqat ijtimoiy xususiyatlarini ifodalaydi va odamning rivojlanishi davomida asta-sekin shakllanadi. Qisqacha qilib aytganda, odamning «shaxsi» tug'ilganidan so'ng shakllana boradi. Shunga ko'ra, shaxs nafaqat ijtimoiy xislatlarni o'zida mujassam- lashtiradi, balki ushbu mujassamlashgan xislatlar o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldirib turadi. Ko'rinib turibdiki, shaxs ijtimoiy tushuncha va, tabiiyki, uning shakllanishida ijtimoiy hayot birlamchi o'rinni egallaydi. Aynan ijtimoiy hayot va ijtimoiy sharoitdagi salbiy holatlar shaxsni jinoyatchi bo'lib shakllanishiga ta'sir etishi xususida juda ko'p ilmiy-nazariy qarashlar mavjud. Shaxsni aynan shu jihatlar asosida o'rganish kriminologiya fanining eng asosiy vazifasi jumlasiga kiradi. Shaxsning jinoiy xatti-harakatlar sodir etish jarayoni ham o'ziga xos bog'lanishlar asosida kechadi. Ya'ni jinoiy faoliyat jismoniy va ruhiy bog'lanishlar hosilasidir. Shuning uchun ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.42 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.42 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: doc