Jinoyatchilarning tasnifi Reja: Jinoyatchilarning tasnifi Kriminologik nuqtai nazardan, jinoyatchilarni tasniflash Jinoyat sodir etilishida aniq hayotiy vaziyatning tutgan o'rni Jinoyatchilarning tasnifi Kriminologiyada jinoyatchi shaxsi haqidagi ta'limotning nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim yo'nalishlaridan biri - jinoyatchilarni tasniflash hisoblanadi. Jinoyatchilarni tasniflash deganda, jinoyatchilarda mavjud bo'lgan bir xil yoki bir-biriga o'xshash belgi va xususiyatlar asosida ularni turli guruhlarga ajratish tushuniladi. Bu esa, jinoyatchilik va uning sabablarini chuqur va har tomonlama o'rganish, jinoyatlar profilaktikasi samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Jinoyatchilarni tasniflash turli asoslar bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Jinoyatchilarni tasniflashning tavsifi, asoslari uning amalga oshirilishi maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jinoyat huquqida jinoyatchilar ular sodir qilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga, jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan va javobgarlikka hamda jazoga ta'sir qiladigan omillarga bog'liq holda tasniflanadi. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi jazo tayinlashga yakka holda yondashish, ozodlikdan mahrum qilish tartibotini aniqlash, og'irroq jazoni yengilrog'i bilan almashtirish, jinoiy jazoni ma'muriy va jamoatchilik ta'siri kabi choralar bilan almashtirish, sudlanganlikni olib tashlash masalalarini hal qilish maqsadida jinoyatchilarni quyidagi toifalarga ajratadi: ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan, og'ir, o'ta og'ir jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga (O'zbekiston Respublikasi JKning 15-moddasi asosida); birinchi marta jinoyat sodir qilgan, bir necha marta (retsidiv, xavfli retsidiv) jinoyatlarni sodir qilgan va o'ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarga (O'zbekiston Respublikasi JKning 34-moddasi asosida). Jinoyatga oid jazoni ijro etish huquqida jinoyatchilarni tasniflash mahkumlarni tuzalish yo'liga kiritishni to'g'ri tashkil qilishni muvaffaqiyatli amalga oshirish vazifalarini bajarishga qaratilgan. Shunga muvofiq bu sohada jinoyatchilar ijtimoiy demografik belgilari: yoshi, jinsi asosida jazo ni o'taydigan muassasani aniqlash uchun guruhlarga ajratiladi. Bundan tashqari jazo o'tayotgan shaxslarni to'g'ri yo'lga kiritish va tuzatish uchun ularga nisbatan ruhiy pedagogik ta'sir vositalarini tanlash maqsadida jinoyatchilarni sodir qilgan jinoyatlarining tavsifi va xavflilik darajasi, g'ayriijtimoiy xulqining mustahkamligi, jazoni o'tash jarayonidagi tuzalish darajasiga qarab tasniflash mumkin. Kriminologik nuqtai nazardan, jinoyatchilarni tasniflash, avvalo, jinoyatchilikni tahlil qilish va uning ijtimoiy yo'nalishlariga baho berish, bu salbiy hodisani oziqlantirib turuvchi manbalarni, muayyan jinoiy xatti-harakatning sababini aniqlashga, umumiy va yakka tartibda jinoyatlarning oldini olish faoliyatini yetarli darajada tashkil qilishga qaratilgan. Jinoyatchilarni kriminologik tasniflash bu ularni o'zida bevosita jinoiy xususiyatni saqlamaydigan va yakka tartibda profilaktik faoliyatni amalga oshirishda ahamiyatga ega bo'lmagan belgilari asosida guruhlarga ajratishdir. Tasniflashda jinoyatchilar asosan ijtimoiy-demografik belgilari, ijtimoiy maqomi va qisman jinoiyhuquqiy belgilari asosida guruhlarga ajratiladi. Kriminologik tasniflash umumiy tartibda jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini tashkil qilishda va amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kriminologik tasniflashda jinoyat sodir qilgan shaxslar jinsi, yoshi, ijtimoiy ahvoli, kasbi, yashash joyi, birinchi yoki bir necha marta jinoyat sodir qilishi, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.58 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.58 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: doc