Jinoyatchilik profilaktikasi Reja: «Jinoyatlar profilaktikasi» tushunchasi, uning vazifalari, prinsiplari, subyektlari Jinoyatlar profilaktikasining turlari «Jinoyatlar profilaktikasi» tushunchasi, uning vazifalari, prinsiplari, subyektlari Tibbiyotda kasallikka qarshi kurashgandan ko'ra, uning oldini olish asosiy vazifa etib belgilanganidek, kriminologiyada ham jinoyat uchun jazo bergandan ko'ra, uning oldini olishning ma'qulligi umume'tirof etilgan. Shunga ko'ra, jinoyatlarning profilaktikasi - unga qarshi kurash sohasida eng muhim, samarali va insonparvar yo'nalishlardan biridir. Jinoyatlar profilaktikasiga ta'rif berishda O'zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida»gi 2014-yil 14-may qonunining 3-moddasi (asosiy tushunchalar)da keltirilgan «huquqbuzarliklar profilaktikasi» tushunchasining ta'rifiga asoslanish mumkin. Unga ko'ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi deganda, huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi tushuniladi. Fikrimizcha, ushbu ta'rifda huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlari qo'llanilishining maqsadi to'liq aks yetmagan, ya'ni unda quyidagilar ko'rsatilgan: huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash; huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish; huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish. Bizningcha, huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlari qo'llanilishining maqsadini quyidagilar bilan to'ldirish mumkin: fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish va huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi hissini uyg'otish; fuqarolarni huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfi haqida ogoh etish, ularni huquqbuzarliklardan himoyalanishning usullari va vositalari to'g'risida xabardor qilish, shuningdek ularning huquqbuzarliklarning qurboniga aylanishi xavfini kamaytirish; 6) huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish; huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga, huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ilgari sudlangan shaxslarga nisbatan ularning tuzalishi va takroran huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarini yuritish; huquqbuzarlik qurbonlarini, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarni, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni, huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ilgari sudlangan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish. O'ylashimizcha, huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlari qo'llanilishining tahlilidan kelib chiqib, ushbu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Shu bois, huquqbuzarliklar, xususan jinoyatlar profilaktikasi tushunchasiga ta'rif berishda uni amalga oshirilishini muayyan maqsadlar bilan chegaralab qo'yish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, tahlil qilinayotgan ta'rifda huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlarining tizimi o'z ichiga huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlarni qamrab olishi ta'kidlangan. Ushbu fikrni batafsilroq bayon etish zaruratidan kelib chiqib, shuni ta'kidlash joizki, o'tkazilgan tahlillar huquqbuzarliklar profilaktikasi choratadbirlarining tizimiga quyidagilarni kiritish mumkinligidan dalolat beradi: huquqiy chora-tadbirlar; tarbiyaviy-profilaktik chora-tadbirlar; ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar; ma'naviy-axloqiy chora-tadbirlar; tibbiy chora-tadbirlar; psixologik chora-tadbirlar; tashkiliy chora-tadbirlar; boshqa chora-tadbirlar. Yuqoridagi fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, tahlil qilinayotgan tushunchaga quyidagicha ta'rif berish mumkin: jinoyatlarning profilaktikasi deganda, jinoyatlar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, tarbiyaviy-profilaktik, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviyaxloqiy, tibbiy, psixologik, tashkiliy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.44 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.44 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: doc