Jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi

Jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi Reja: «Jinoyatchilik» tushunchasi va uni o'rganishning ijtimoiy-huquqiy mohiyati. Jinoyatchilik turlari Jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi. Jinoyatchilik ko'rsatkichlari «Jinoyatchilik» tushunchasi va uni o'rganishning ijtimoiy-huquqiy mohiyati. Kriminologiya fanining tadqiqot doirasiga kiruvchi jinoyatchilikka atroflicha tavsif berish katta ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. «Jinoyatchilik» tushunchasi. Jamiyat ijtimoiy hayotida o'ziga xos salbiy holat sifatida e'tirof etiladigan jinoyatchilik bir qator xususiyatlarni o'zida mujassamlantirgan keng ma'nodagi atama bo'lib, kategoriya sifatida ma'lum bir mazmunga ega. Jinoyatchilik mavjud voqelikda shaxs va shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridagi o'zaro bog'liqlikni bildiradi. Jinoyat sodir etuvchi shaxsning jinoyat bilan bog'liqligi esa o'ziga xos xilma- xillikdan iboratdir. Shu bilan birga, jinoyatchilik umumiy miqyosda jinoyatlar va jinoyatchilarning barcha individual jihatlarini o'zida mujasamlantirgan holda «shakllanadi» hamda barchasiga xos bo'lgan umumiy belgilarni ham o'zida namoyon etadi. Bu esa, jinoyatchilikning umumiy miqdorini anglatgan holda, uning sodir etilish hududi va aniq vaqtlarini ham belgilash imkonini beradi. Ushbu holatda umumiy miqdor rasman jinoyatchilikning miqdorini anglatsa-da, jinoyatchilikning «xilma-xilligi» uning turli sifatlarga ega ekanligini bildiradi. Ya'ni jinoyatchilikning umumiy miqdori yuzta deb qayd etilsa, har bir jinoyat yoki, umuman, turli qonunbuzarliklar aynan shu yuzta holatda turlicha nisbatda uchrashi mumkin. Jinoyatchilik mavjud voqelik sifatida o'ziga xos bo'lgan belgilar va xususiyatlarning mantiqan bog'liqligini umumlashtiradi, ya'ni jinoyatchilik ommaviy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan namoyon bo'ladi. Jinoyatchilikning ushbu belgi va xususiyatlari esa uning tushunchasini ifodalaydi. Demak, jinoyatchilik qiyosiy jihatdan ommaviy bo'lib, u yoki bu davlat jinoyat qonunchiligi bilan jinoyat deb belgilangan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning ma'lum bir davr oralig'ida buzilishidir. Jinoyatning belgi va xususiyatlari umumiy, shu bilan birga, majburiy holda e'tirof etilmog'i lozim. Ya'ni bu «jinoyatning tarkibi»ni anglatadi. «Jinoyatchilik» tushunchasi o'z ichiga nafaqat umumiy ma'nodagi jinoyatlarni, balki keng ma'noda guruhiy jihatdan o'zaro mansub bo'lgan jinoyatlarni ham o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham bu holatda jinoyatchilikka xos bo'lgan umumiy (umumiy jihati), maxsus (guruhiy mansubligi) va alohida (jinoyatni) olingan tushunchalarni e'tiborga olish lozim. Shu bilan birga, jinoyatchilikning turlari va elementlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchilik turlari. Jinoyatchilikning o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagi ikki turga bo'linishi hozirgi kunda kriminologiya fani tomonidan e'tirof etilgan. Bular birinchi bor jinoyat sodir etish (birinchi bor sodir etilgan jinoyatning turlari) va qayta yoki retsidiv jinoyatlar (retsidiv jinoyatlarning turlari)dan iboratdir. Jinoyatchilikning bu ikki turi, o'z navbatida, ayollar va erkaklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik turlariga bo'linadi. Jinoyatchilikni shu tariqa tabaqalashtirish erkaklar va ayollar jinoyatchiligini yosh jihatdan ham ikki turga, ya'ni voyaga yetgan va yetmaganlar jinoyatchiligiga ajratishni taqozo etadi. Bugunga kelib kriminologiyada jinoyatchilikning o'n to'rt turi mavjud deb e'tirof etilgan bo'lib, har bir turdagi jinoyatchilik o'ziga xos bo'lgan jinoyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.84 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.84 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga