Jinoyatchilikni kriminologik bashorat qilish

Jinoyatchilikni kriminologik bashorat qilish

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatchilikni kriminologik bashorat qilish - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatchilikni kriminologik bashorat qilish Reja: Jinoyatchilikni kriminologik bashorat qilish va uning turlari Individual jinoiy xulqni bashorat qilish Jinoyatchilikni kriminologik bashorat qilish Jinoyatchilik bilan bog'liq hodisa va jarayonlarning turli-tumanligi, jinoyatchilikning murakkab ijtimoiy hayot bilan bevosita bog'liqligi bu salbiy ijtimoiy hodisani kompleks tahlil etishni, shu jumladan kelajakda jinoyatchilikning darajasi va tuzilishida qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini ham o'rganishni taqozo qiladi. Chunki kelajakda jinoyatchilikning darajasi va tuzilishida bo'ladigan o'zgarishlarga qarab unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish mumkin. Muayyan hodisa va jarayonlarda kelajakda qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi bashorat qilish orqali aniqlanadi. Shu jumladan jinoyatchilikda kelajakda qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi kriminologik bashorat qilish orqali aniqlanadi. Shunga ko'ra, jinoyatchilikni bashorat qilish kriminologiya fani o'rganadigan muhim muammolardan biri hisoblanadi. «Prognoz» - grekcha «prognoziya» so'zidan olingan bo'lib, «oldindan ko'rish», ya'ni oldindan ilmiy bashorat qilish ma'nosini anglatadi. Fan-texnika taraqqiyoti ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jiddiy ta'sir ko'rsatayotgan hozirgi davrda, ayniqsa, mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tayotgan vaqtda kelajakda jinoyatchilikning holati, darajasi, tuzilishi va dinamikasida qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini oldindan bilish g'oyat katta ahamiyatga ega. Kriminologik bashorat qilish - muayyan vaqt mobaynida jinoyatchilikning darajasi, tuzilishi va dinamikasida qanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi, uning determinantlari va oldini olish choralari hamda unga ta'sir qilishning boshqa vositalari haqida ehtimol tutilgan mulohazalardir. O'tmishdagi va hozirgi jinoyatchilik haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilmasdan turib, kelajakda jinoyatchilikda qanday sifat va miqdor o'zgarishlari bo'lishi mumkinligini bashorat qilishning iloji bo'lmaydi. Jinoyatchilikni bashorat qilishda olinayotgan vaqt mobaynida taxmin qilinayotgan vaziyatlar bilan bir qatorda, shu davrdagi tendensiyalar ham e'tiborga olinadi. Jinoyatchilikni bashorat qilishda butun mamlakat miqyosida bo'layotgan va bo'ladigan o'zgarishlarni e'tiborga olish bilan birga, muayyan hududlardagi o'ziga xoslik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvol ham e'tiborga olinadi. Yuridik adabiyotlarda individual kriminologik bashorat qilish, jinoyatchilikni bashorat qilish hamda jinoyatga oid siyosat bo'yicha bashorat qilish usullari bayon qilinadi. Individual kriminologik bashorat qilishda alohida shaxslarning jinoiy xulqi bashorat qilinsa, jinoyatchilikni bashorat qilishda jinoyatchilik ijtimoiy hodisa sifatida bashorat qilinadi. Jinoyatga oid siyosatni bashorat qilish esa, empirik tadqiqotlar natijasida jinoyat qonunchiligidagi o'zgarishlarga muvofiq ravishda jinoyatchilikda bo'ladigan muayyan o'zgarishlar taxmin qilinadi. Agar individual jinoiy xulqni va jinoyatchilikni bashorat qilish asosan jinoyatchilikning ko'payishiga to'sqinlik qilish maqsadida bajarilsa, jinoyatga oid siyosatni bashorat qilishda qabul qilinadigan jinoyat qonunining samaradorlik imkoniyatlari va uning amalda muvaffaqiyatli tatbiq etilishi, jinoyatchilikka qarshi kurashdagi samaradorligi olinadi. Individual jinoiy xulqni hamda jinoyatchilikni bashorat qilish jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirsa, muvaffaqiyatli bashorat hisoblanadi. Jinoyatchilik va uning ustidan nazorat qilish jamiyatning jinoyatchilikka muayyan ta'sir qilish yo'llaridan biri bo'lgan kriminologik bashorat qilish orqali ham ta'minlanadi. Shu bilan birga, jinoyatchilikka qarshi kurashda jabrlanuvchilar haqida hamda viktimlikka moyillikni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.51 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.51 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga