Jinoyatchilikning oldini olish

Jinoyatchilikning oldini olish

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatchilikning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatchilikning oldini olish Reja: Kriminologiyada «jinoyatchilikning oldini olish» tushunchasi Jinoyatchilikning oldini olishni tashkil etish tizimi Jinoyatlarning profilaktika obyekti sifatida turlari Kriminologiyada «jinoyatchilikning oldini olish» tushunchasi «Jinoyatchilikning oldini олиш» тушунчаси bir qator ijtimoiy-huquqiy fanlarda узига xos mazmun va mohiyat asosida talqin etiladi. Ammo kriminologiya fanida ushbu tushunchaga alohida yondashilishi bizga yaxshi ma'lum. Chunki jinoyatchilikning oldini olish va shu maqsadda tadqiqotlar o'tkazish kriminologiya fanining predmeti doirasiga kiruvchi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Tarixiy nuqtai nazardan yondashilsa, jinoyatchilikka qarshi kurash yo'lida faqat jinoiy jazo qo'llash bilan cheklanish yaxshi samara bermasligi insoniyat tomonidan isbotlanganligini ko'rish mumkin. Bu masalada jinoyatning oldini olish jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda eng oqilona yo'l hisoblanadi. Farb falsafasining ilk namoyandalaridan Aflotun (Platon) va Arastu (Aristotel)larning fikricha, jamiyatda shaxsni jinoyat yo'lidan qaytaruvchi qonunlar hukmron bo'lishi zarur. Shuningdek, XVII asr ma'rifatparvar olimi Monteskyoning fikricha, «har qanday hokimiyat jinoyat uchun jazo belgi- lashni emas, balki jinoyatning oldini olish to'g'risida g'amxo'rlik qilmog'i lozim». Bildirilgan ushbu fikrlar CH. Bekkariyaning «Jinoyat va jazo to'g'- risida»gi asarida huquqiy jihatdan keng talqin etilgan. O'z vaqtida Volter uning asarini sharhlash orqali jinoyatchilikning oldini olish hozirgi sivili- zatsiya erishgan haqiqiy yurisprudensiyadir, degan xulosaga keladi. Jinoyatchilikning oldini olish muammolariga e'tibor XIX - XX asrlarda ayniqsa kuchaydi. Chunki insoniyat taraqqiyotining aynan shu davrida bu muammo xususida jahonning taniqli sotsiolog va huquqshunos olimlari ko'plab ilmiy fikrlar bildirganlar. Hozirgi kunda esa jinoyatchilik va, umuman, huquqbuzarlikning barcha turlarining oldini olish maqsadda mavjud ijtimoiy munosabatlarni muvofiq- lashtirish hamda jinoyatlarning sabab va sharoitlarini tugatishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo'nalishlarda zarur choralar ko'rishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ko'rinib turibdiki, jinoyatchilikning oldini olish davlat va jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi bozor munosabatlariga o'tish bilan bog'liq holda ro'y berayotgan ijtimoiy o'zgarishlar ta'sirida sodir bo'layotgan barcha huquqbuzarlikning oldini olishning izchil usul hamda vositalarini yaratish fan oldida turgan muhim vazifa ekanligini esda tutish lozim. Shu bilan birga, davlatning siyosiy boshqaruv tizimida amalga oshi- rilayotgan islohotlarning mohiyatida faqat bir masala, ya'ni davlat va uning organlari tomonidan jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshirish jarayonida inson huquqlarini keng ta'minlashga e'tibor qaratilayotganligini ham e'tiborga olmoq joiz. Binobarin, huquqiy davlat qurishning eng muhim sharti jamiyatda qonun ustunligini, adolat prinsiplariga rioya etilishini ta'minlashdan iboratdir. Jinoyatchilikka qarshi kurashning yana bir muhim sharti, har bir dav- latda jinoyat qonunchiligining mavjud bo'lishidir. Shunga asosan shaxsning u yoki bu g'ayriinsoniy va g'ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olish va unga yo'l qo'ymaslik uchun birinchi galda jinoyat qonunchiligi bo'yicha davlat siyosati ishlab chiqiladi. Jinoyat qonunchiligi aynan davlat siyosati asosida ishlab chiqiladi va ta'kidlanganidek, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.37 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.37 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga