Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari

Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Reja: Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari hamda ularni o'rganishning metodologik asoslari Jinoyatchilik sabablari va sharoitlarini tasniflash Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Jinoyatchilikka qarshi kurashda samarali natijalarga erishish, uning miqdorini eng past darajagacha tushirish, salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun jinoyatchilikning jamiyatda bo'lishini, rivojlanishini taqozo qiluvchi, belgilab beruvchi, ta'sir qiluvchi, sabablari sifatida harakat qiluvchi hodisalar, voqealar va jarayonlarni, ular o'rtasidagi sababiy bog'lanishni o'rganish kerak. Jinoyatchilik ijtimoiy hodisa ekan, uni keltirib chiqaradigan, rivojlanishini belgilab beradigan, o'sishiga ta'sir qiladigan sabablar ham ijtimoiydir. Har qanday jamiyatdagi jinoyatchilikning sabablarini shu jamiyat ijtimoiy hayotidan izlash kerak. Kriminologiya jinoyatchilikning sabablarini o'rganishda, dialektika nazariyalariga asoslanadi. Avvalo, dialektikadagi sababiyatlar nazariyasiga, ya'ni hodisa, voqea va jarayonlar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlar haqidagi bilimlarga asoslanib jinoyatchilikning sabablarini tushuntirib beradi. Dialektikadan ma'lumki, tabiat, koinot va jamiyatdagi barcha voqea, hodisa va jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda. Hodisa, voqea, va jarayonlar o'rtasidagi bog'liqlik turli shakllarda bo'lib, juda ham murakkabdir. Shuning uchun ham jinoyatchilikning sabablarini aniqlash, o'rganish va tushuntirib berish uchun hodisa, voqea va jarayonlar o'rtasidagi bog'liqliklarni ochib berishimiz, tushuna bilishimiz lozim. Kriminologiyada jinoyatchilik sabablarini tushuntirishda «determinatsiya», ya'ni voqea, hodisa va jarayonlar o'rtasidagi bog'liqlikni bildiruvchi aloqa haqidagi nazariyadan foydalaniladi. Dialektik determinizm tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar, jumladan kishilarning iroda va xulqlarining umumiy obyektiv qonuniyati borligi va ular bir-biriga bog'liq bo'lib, bir-birini taqozo etishini e'tirof etuvchi nazariyadir. Shuning uchun ham kriminologiyada jinoyatchilik sabablari dialektik determinizmning bir halqasi bo'lgan sababiy bog'lanishning quyida bayon etilgan qoidalarga asoslangan holda tushuntirib beriladi. Birinchidan, dialektik determinizm qoidalariga asosan, sababiyat bu biri (sabab) ikkinchisi (oqibat)ni keltirib chiqaradigan hodisalar o'rtasidagi obyektiv bog'liqlikdir. Shuni ta'kidlash muhimki, bu yerda sababiy bog'lanish obyektiv xususiyatga ega bo'lib, u kishilar ongida emas, balki haqiqiy hayotda mavjuddir, kishilar hodisalarning sababiy bog'liqligini o'z onglarida vujudga keltirmaydi, balki uni biladi (anglaydi). Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, jinoyatchilikning sabablari ham, obyektiv hayotning elementlaridir, ya'ni ular shu jamiyat ijtimoiy hayotida mavjud bo'lgan hodisa, voqea va jarayonlardan iborat. Ikkinchidan, sababiy bog'liqlik shunday aloqada bo'lgan hodisalarning bir-biri bilan obyektiv qonuniy bog'liqligini taqozo qiladi. Barcha haqiqat mana shu aloqada yashiringan bo'lib, uning ortida hech qanday bilish mumkin bo'lgan narsa yo'qdir. Sabab va oqibat o'rtasidagi aloqa turli, ya'ni mexanik, kimyoviy, fizik, ruhiy va boshqa shunga o'xshash xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Jinoyatchilik kishilarning jinoiy xatti-harakatlari shaklida namoyon bo'lganligi uchun ham uning sabablari ijtimoiy-psixologik xususiyatga ega. Chunki jinoyatchilikning sababini ma'lum bir obyekt, hodisa, jarayonlarning kishilar ongiga, ruhiyatiga ta'sir qilishi harakatga keltiradi. Uchinchidan, dialektika hodisalarning umumiy bog'liqligini va birbirini taqozo qilishini tan oladi. Yuqorida aytganimizdek, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan u ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.31 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.31 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga