Jinoyatchilikning sabablari to'g'risidagi nazariyalar Reja: Lombrozo ishlab chiqqan jinoyatchilik sabablari nazariyasi Egizaklar o'rtasidagi jinoyatchilik Jinoyatchilikning sababi ma'lum darajada shaxsning genetik xususiyati bilan bog'liq ekanligi Jinoyatchilikning sabablari to'g'risidagi nazariyalar Jinoyatlar va jinoyatchilikning biron-bir yagona sababini ko'rsatish metodologik jihatdan noto'g'ri bo'lar edi. Chunki sabab - kompleks hodisadir. Jinoyatchilik sabablari muammosining juda ko'p konsepsiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, ular jinoyatchilik hodisasi va uning kelib chiqishini har xil nuqtai nazardan, chunonchi teologiya va astrologiya, antropologiya va biologiya, bionika va kibernetika, genetika va psixologiya nuqtai nazaridan tushuntiradi. Tahlil bir ta'limotni ikkinchi ta'limotdan farqlash juda qiyinligini ko'rsatadi. Shu bois bu ta'limotlar tasnifi ancha shartli bo'lib qolayotir. Jinoyatchilik sabablarini tushuntirishga oid ijtimoiy adabiyotlarda asosan ikki yo'nalish biologik va sotsiologik yo'nalishlar farqlanadi. Ammo masalaga yaqindan qaraydigan bo'lsak, ulardan tashqari, boshqa bir qancha ta'limotlarni ham ko'rishimiz mumkin. Muammoga xronologik nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, ilohiyotni eng qadimgi ta'limot deb hisoblash mumkin. Uning jinoyatchilik sabablarini tushuntirish bilan bog'liq asosiy qoidalari qanday? Birinchidan, shuni ta'kidlash lozimki, ilohiyotda jinoyat (jinoyatchilik) tushunchasi o'rniga kengroq va qamrovliroq bo'lgan gunoh atamasi qo'llaniladi. Ammo «gunoh» tushunchasi odamlar va jamiyat uchun o'ta xavfli bo'lgan inson xulq-atvori sifatidagi jinoyatni ham o'z ichiga oladi. Masalan, odam o'ldirish, birovning molini o'g'irlash, birovga zo'rlik ishlatish, insonning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash va hoka'zolar og'ir gunoh hisoblanadi. Asosiy dinlarda «odam o'ldirma», «o'g'rilik qilma» kabi aqidalar amal qiladi. Ikkinchidan, ko'rib chiqilayotgan muammoga oid ilohiy qarashlarning asosiy g'oyasi shundan iboratki, inson (umuman, butun insoniyat) gunoh qilishga moyildir. Bunga Odam Ato va Momo Havoning o'g'illari Hobil va Qobil haqidagi mashhur rivoyat misol qilib keltiriladi va insonning gunoh qilishi o'shandan boshlangan deb ta'kidlanadi. Bu ta'limot nuqtai nazariga ko'ra, insonning jinoiy (gunohkor) xulqatvori uning «tabiiy», uzviy xossalaridan biridir. Binobarin, toki insoniyat bu yorug' dunyoda mavjud ekan, uning bu xossasi yo'qolmaydi. Astrologiya, ayniqsa, tibbiy astrologiya ta'limoti ruhan ilohiyotga yaqin turadi. Tibbiy astrologiya quyosh, oy va boshqa sayyoralar, burjlar, yulduzlar va kosmik nurlanishlarning inson aurasiga ta'sirini o'rganadi. Bir burj belgisi ostida oy harakatining bir bosqichida tug'ilgan odamlar odatda bir xil kasalliklarga chalinishga moyilligi qadimdayoq kuzatilgan. Masalan, qo'y burji ostida oy to'lishiga yaqin davrda tug'ilgan odamlarning ko'pchiligi migren, buyrak kasalliklari bilan og'riydi, sigir burji ostida oy to'lgan paytda tug'ilgan odamlarning ko'pchiligi esa tomoq, siydik-tanosil tizimi kasalliklariga moyildirlar. Astrologiya ta'limotiga ko'ra, odam bolasi dunyoga kelgan ilk lahzalardanoq kosmos energiyasini o'zlashtira boshlaydi, muayyan kosmik maromga moslashadi. Insonning hayot faoliyati, shuningdek nojo'ya qilmishlari u qancha qulay yoki noqulay paytda dunyoga kelganligiga bog'liq bo'ladi. Astrologiya inson sodir etgan muayyan qilmishning kosmos bilan sababiy bog'lanishi to'g'risidagi savolga aniq ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.69 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.69 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: doc