Jinoyatchilikning sabablari

Jinoyatchilikning sabablari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatchilikning sabablari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatchilikning sabablari Reja: Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari tasnifi Iqtisodiy islohotlar jarayonida jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari Ilmiy-nazariy jihatdan yondashilsa, «sabab» tushunchasi o'ziga xos mazmun va mohiyatga ega. Mazmun jihatidan tabiat yoki jamiyat hayotida u yoki bu voqelikning yuzaga kelishida katta o'rin tutishi tushunilsa, mohiyat jihatidan salbiy yoki ijobiy vaziyatlarni yuzaga keltirishi tushuniladi. Shuning uchun bir qator ijtimoiy-tabiiy fanlar, ayniqsa, falsafa fanida bu muammoga javob topishga alohida e'tibor qaratilgan. Umuman olganda, «sabab» o'ziga xos tushuncha sifatida, ya'ni obyektiv voqelikda o'zaro bog'liq sabab va oqibatni yuzaga keltiruvchi qonuniyat deb e'tirof etilganini ko'rish mumkin. Sababning yuzaga kelish jarayoni vaqt mobaynida ma'lum bir bos- qichlar asosida shakllanadi va aytib o'tilganidek, oqibatni keltirib chiqarishga ta'sir etadi. Ayniqsa, jamiyat hayotida sodir bo'ladigan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning shakllanishida sabab va oqibat o'ziga xos ravishda kechadi. O'z navbatida, har bir sababni keltirib chiqaruvchi «sabab»ning mavjud ekanligini ham yodda tutish lozim. Shundan kelib chiqqan holda kriminologiya fanida jinoyatchilikning sabablarini o'rganishga alohida e'tibor qaratilganini ko'rish mumkin. Sabab va oqibatning o'zaro bog'liqligi, sharoit bilan uzviy aloqada ekanligi qonuniyatini bilish esa aynan jinoyatchilikni ilmiy-nazariy jihatdan chuqur tahlil etishga imkon yaratadi. Chunki sababning kelib chiqishida ma'lum bir sharoitning mavjud bo'lishi tabiiy bir holdir. Binobarin, sabab va sharoitni bir-biridan ajralgan holda ko'rib chiqish aslo mumkin emas. Sabab va sharoitni kompleks tarzda o'rganish jinoyatchilikning kelib chiqishini ilmiy bilishda katta ahamiyatga ega. Shu orqali jinoyatchilik va jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitga kriminogen-determinant sifatida qarash lozim. Ijtimoiy hodisalarni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar o'ziga xos metodologik nuqtai nazardan tavsiflanadi hamda shu asosda jamiyat hayotida ro'y berayotgan voqealarga baho berish mumkin. Jumladan: sabab va oqibat qonuniyatining ikki - dinamik (doimiy hamda oqibatni to'g'ridan-to'g'ri keltirib chiqaruvchi) va statik (yuzaga kelishi mavjud bo'lgan) shakllari mavjudligi; ijtimoiy determinant holatlarni tahlil etishda ma'lum bir tizimga xos bo'lgan xususiyatlarni bilish orqali yondashish zarurligi. Bu kabi yondashuv o'rganilayotgan ijtimoiy voqelikni ham ichki, ham tashqi tomondan aniq tahlil etishga yordam beradi, ya'ni «jamiyatda», «ijtimoiy-iqtisodiy bos- qichda», «dunyo miqyosida» va h. k. v) ijtimoiy determinant holatlarni aniqlash orqali jamiyatda mavjud qarama-qarshiliklarning samarali yechimini topishga yordam berishi; ijtimoiy voqeliklar jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy guruhlar va shaxslar o'rtasidagi o'zaro turli munosabatlar tizimini ifodalashi bilan birga, aynan shu munosabatlarda shaxsning qiziqishlari va maqsadi bo'lishini e'tiborga olish lozimdir. Ana shunday ijtimoiy-psixologik holatlar jamiyat a'zolarida o'zaro munosabatning shakllanishida katta omil hisoblanadi; d) ijtimoiy determinatsiya qonuniyatlari tahlilining ko'rsatishicha, har bir hodisa va, umuman, voqelik tarixiy nuqtai nazardan ko'rib chiqilishi lozimligi, ya'ni muqaddam qanday edi va hozir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.09 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.09 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga