Jinoyatda ishtirokchilik

Jinoyatda ishtirokchilik

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatda ishtirokchilik - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatda ishtirokchilik Jinoyat ishtirokchilari, ularning turlari va jinoiy javobgarliklari Jinoyat ishtirokchilarining turlari Jinoyat kodeksinipg 28-moddasida ko'rsatib o'tilgan bo'lib, unga ko'ra, bajaruyechi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi. Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan, jinoyatni to'liq yoki qisman sodir etgan yoxud javobgorlikka tortilishi mumkin bo'lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxch bajaruvchi deb topiladi (Jkning 28-moddasi, 2-qismi). Bajaruvchi ikki turga bo'linadi: beyeosita jinoyat sodir qilgan va kodeksga muvofiq bo'lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs. Ba'zi hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyatchilar birgalikda amalga oshiriladi va ularning barchasi bajaruvchi hisoblanadi. Bajaruvchilar aqli raso va qonunda belgilangan yoshga (14 yoshga) to'lgan bo'lishi kerak. Ayrim hollarda shaxsning o'zi jinoyatni bevosita sodir qilmasdan, jinoyatning subyekti bo'la olmaydigan shaxslardan foydalanadi. Toshkent viloyati sudida ko'rilgan bir jinoyat ishi bunga misol bo'la oladi. 2001 yil mart oyida Tolipov Dilmurod, 14 yoshga tulmagai Rahimov Obid mahallalarida yashaydigan aqli noraso Sherzod ismli shaxs bilan birga «O'tkir» kichik korxonasiga kirib, u yerdan 500.00 sumlik tiqilgan yangi kastyum va materiallarni o'g'irlashadi. O'g'irlikni uchalasi ham bajaradi, ya'ni bajaruvchi shaxslarning biri jinoyat yoshiga yetgan, ikkinchisi hali 14 yoshga to'lmagan, uchinchisi aqli noraso shaxs. Sud ushbu ishni atroflicha o'rganib, Dilmurodga nisbatan 127-moddaning 3-qismi, ya'ni voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish va 169-moddaning 2-qismi «b» bandi bilan jinoiy javobgarlik masalasi ko'rilgani hukmda qayd qilinadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. tashkilotchi ishtirokchilar orasida eng xavflisi bo'lib, u jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyatni sodir etishga rahbarlik qiladi. tashkilotchi ko'pincha jinoyatda bevosita qatnashmagani sababli uni ushlash, aybini isbotlash va javobgarlikka tortish qiyin kechadi. tashkilotchi jinoyatni qaysi yo'l, usul bilan sodir etish rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirokchilarni tanlaydi, ularni tayyorlaydi, yo'riqlar beradi, zarur anjomlarni yig'adi. Ko'p hollarda tashkilotchi o'z harakatlarini himoya qilish va zarur ma'lumotlarni olish uchun huquqni muhofaza qilish idoralaridan birorta mansabdor shaxsni jalb etishga o'rinadi. Qoidaga ko'ra, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga tajribali jinoyatchilar rahbarlik qiladi va jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, uni amalga oshirishni tashkillashtiradi. Jinoyat sodir etishga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. U har qanday shaklda, ya'ni majburlash va ishontirish orqali dalolat qiladi. Majburlash jinoiy va ruhiy bo'lishi mumkin. Ruhiy majburlash ko'pincha dalolatchi tomonidan qo'rqitish orqali sodir qilinadi. Biror kishini ishontirish orqali jinoyatga tortish uchun bir necha marta xabar yetkazgan shaxsni dalolatchi sifatida javobgarlikka tortish mumkin. Lekin bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik to'g'dirish maqsadi bo'lishi kerak. Ishontirishda dalolatchi, tashqi tomondan, jinoyatga aloqasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 469.38 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 469.38 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga