Jinoyatlarni «izlar bosilmay turib» tergov qilishning o'ziga xos xususiyatlari Reja: 1. Jinoyatlarni «izlar bosilmay turib» fosh qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari 2. Dastlabki tergov harakatlari 3. Keyingi tergov harakatlarining xususiyatlari Jinoyatni izidan, tezlik bilan fosh qilmoq - mazkur masalani o'ta qisqa muddatda - jinoyat belgilari aniqlangan yoki u to'g'rida xabar olingan vaqtdan boshlab uch kun ichida hal qilmoq demakdir. Ichki ishlar va prokuratura organlari amaliyotida «izlar bosilmay turib» iborasi ko'chma ma'noda qo'llaniladi. Unga etimologik jihatdan «shu zahoti, darhol» deb ta'rif beriladi. Ko'p hollarda o'g'rilik, bosqinchilik, talonchilik, zo'rlash, qotillik, bezorilik, firibgarlik kabi ba'zi jinoyatlar «izlar bosilmay turib» tergov qilinadi. Bu xil tergov ishlari o'ziga xos sharoitda olib boriladi: zudlik bilan chora ko'rishni talab etgan vaziyatning to'satdan yuzaga kelishi; tergovchi va dastlabki tergov organlari qaror qabul qilishi va uni amalga oshirishi uchun vaqt tanqisligi; tergov jarayonining jadal rivoji, shart-sharoit, tergov vaziyatining tezkor o'zgarishi; zarur ma'lumotlar yetishmasligi va yangi ma'lumotlardan kechiktirmasdan foydalanish zarurati; o'åðãîâ èøëàðèãà qàðøèëèê êo'ðñào'èø, izlar va jinoyat belgilarini yo'qotish va hokazo. Ushbu shart-sharoitlar «izlar bosilmay turib» tergov qilishni tashkil etish va amalga oshirishga bo'lgan quyidagi asosiy talablarni belgilab beradi: tergov-tezkor guruhining hodisa ro'y bergan joyga imkon boricha tezroq yetib kelishi, jinoyat ishi qo'zg'ash va dastlabki tergov ishlarini boshlash to'g'risida tezkorlik bilan qaror qabul qilish; barcha zarur kuch va vositalarni kechiktirmay ishga jalb etish; odatdagi harakatlar dasturining qabul qilingan yo'llari bilan birga tergovning o'ziga xos usullaridan ham foydalanish; o'rganilayotgan masalalar doirasini jarayonni olg'a siljitish uchun ko'proq xizmat qiladiganlari bilan vaqtincha cheklab qo'yish, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini qat'iy tanlab olish va har ikkovining birin-ketinligi tartibiga rioya qilish; tergov tadbirlarining (intensivligi), tezkorligi, uzluksizligiga rioya qilib, ularni barcha tergov-tezkor guruhining tarkibidan foydalangan holda «keng front» bo'ylab o'tkazish; o'ta kam vaqt sarflagan holda imkon boricha ko'proq ma'lumot yig'ish va ularni qayd etish maqsadida texnik vositalarni keng qo'llash, birga ish yuritayotgan organlarga tezkorlik bilan ma'lumot uzatish; muayyan ma'lumotdan xabardorlarni tezda tadqiq etish uchun mutaxassis va ekspertlar yordamidan har tomonlama foydalanish. Mazkur talablarning bajarilishi markazlashtirilgan boshqaruv tomonidan ichki ishlar organlarining kuchi va vositalari bilan ishtirok etayotgan IIB va boshqa organlar bo'linmalari o'zaro harakatining uzluksizligini ta'minlash, shu bilan birga yuzaga kelayotgan vaziyatga muvofiq ravishda harakatlanish imkonini beradigan choralar qo'llash maqsadida ta'minlanadi. Ana shunday choralar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: a) tergov-tezkor guruhining hodisa sodir bo'lgan yerga yetib kelishga va texnik vositalarning izlar va boshqa daliliy ashyolar bilan ishlashga doimo tayyor bo'lib turishini ta'minlash; b) istalgan vaqtda tergov-tezkor guruhi tarkibiga vaziyat taqozo etgan mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini ta'minlash. Mazkur ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.77 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.77 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: doc