Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi va turlari

Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi va turlari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi va turlari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi va turlari Reja: 1. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi. 2. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning ahamiyati. 3. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning turlari. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish tushunchasi. Jinoyat huquqi normalarini qo'llashning alohida bosqichlari jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat qonunini sharhlash, jinoyat qonunining vaqt bo'yicha va hududda amal qilishi, jinoyatlarni kva-lifikatsiya qilish, jazo tayinlash va undan ozod qilish, jinoiy ja-vobgarlikdan ozod qilish, sudlanganligini olib tashlash va bekor qilish va shu kabi boshqa maxsus nomlarni kasb etdi. Jinoyat huquqi normalarini qo'llashning ilmiy asoslari bilan yuristlarni ta-nishtirish, ularga nazariy bilimlar berish va amaliy faoliyatga tayyorlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Mazkur maxsus kursning maqsadi bugungi kunda jinoyat huquqining asosiy bosqichlaridan biri bo'lmish jinoyatlarni kva-lifikatsiya qilishni o'rganishdir. Qonunni qo'llashning bu turi jinoyat qonunini qo'llash jarayonida alohida o'rinni egallaydi. Jino-yatni kvalifikatsiya qilish, qonun normalarini qo'llashning boshqa turlari uchun asos bo'ladi. Masalan, sud tomonidan jinoyat kvalifi-katsiya qilinganidan keyingina ayblanuvchiga jazo chorasini qo'llash, mahkumga koloniya turini tayinlash, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va shu kabi boshqa masalalarni qo'yish va hal qilish mumkin. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishning dastlabki shartlari. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish tushunchasi huquqning ko'p tarmoqlarida uchraydi. Mazkur tushunchadan ayniqsa, jinoyat huquqi, mamu-riy huquq va h.k.larda ko'p foydalaniladi. Ammo bu masala jinoyat huquqikursining Umumiy qismida ilmiy tadqiq qilinadi. Kvalifikatsiya masalasi juda muhim amaliy ahamiyatga ega. Kva-lifikatsiya qilish muammolari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va advokatda har bir jinoyat ishi yuzasidan vujudga keladi. Har qanday jinoyat ishini tergov qilish bosqichida ham sudda ko'rish davrida ham tegishli mansabdor shaxslar tomonidan jinoyatni kvalifikatsiya qilish amalga oshiriladi. Jinoyat huquqi fanida jinoyatni kvalifikatsiya qilish ikki yo'nalishda ko'rib chiqiladi. Birinchidan, shaxsga qarshi jinoyatlar, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat-lar, odil sudlovga qarshi jinoyatlar, jamoat xavfsizligigi va ja-moat tartibiga qarshi jinoyatlar kvalifikatsiyasi va shu kabi boshqa alohida turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiyasi o'rganiladi. Ikkinchidan, barcha toifadagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda qo'llaniladigan umumiy prinsiplar, qoidalar va usullar ishlab chiqiladi va o'rganiladi. Mazkur o'quv qo'llanma jinoyatni kvalifikatsiya qi-lishning yuqorida ko'rsatib o'tilgan ikkinchi jihatiga bag'ishlangan. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish tushunchasi nazariya va amaliyotda ikki xil manoda qo'llaniladi: a) kvalifikatsiya bu - muayyan mantiqiy jarayon sifatida, u yoki bu shaxsning ko'rib chiqilayotgan muayyan holatning JK Maxsus qism normasida belgilangan jinoyat tarkibi belgilariga mosligini aniqlashdagi faoliyati; b) kvalifikatsiya - ijtiomiy xavfli qilmishning huquqiy jihatdan baho berilishi. Bu manolarning ikalasi o'zaro bog'liq. Kvalifikatsiya tushunchasini yoritishda bu ikki manoni uyg'unlashtirib, sodir etilgan qilmish belgilari bilan jinoyat huquqiy normada nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilari o'rtasidagi aynan o'xshashlikni aniqlash va yuridik jihatdan mustahkamlash, deb berish mumkin. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish jinoyat protsessining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga