Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyotining umumiy qoidalari

Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyotining umumiy qoidalari

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyotining umumiy qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyotining umumiy qoidalari Reja: 1. Jinoyatlarni tergov qilish kriminalistik uslubiyoti tushunchasi 2. Jinoyatlarni tergov qilishning xususiy kriminalistik uslubiyotlarini tuzish va tasniflash tamoyillari 3. Jinoyatlarni tergov qilishdagi xususiy kriminalistik uslubiyotlarning tarkibiy tuzilishi Jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti kriminalistika fanining yakunlovchi bo'limi hisoblanadi. U qonuniylik talablariga muvofiq holda, tergov va surishtiruvni samarali o'tkazish bo'yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida jinoyatlarni ochish, tergov qilish hamda ularning oldini olishni tashkil qilish va amalga oshirish qonuniyatlarini o'rganadi. Bu qonuniyatlar jinoyat alomatlari bo'lgan hodisalar haqidagi dastlabki axborotni tekshirib, jinoyatlarni tergov qilish chog'ida isbotlanishi lozim bo'lgan holatlarni aniqlaydi. Shuningdek, jinoyat ishlarining har xil turlari bo'yicha haqiqatni aniqlash uchun tergov harakatlarini va jinoyat-protsessual qonunida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarning dasturlarini ishlab chiqish, jinoyatlarni tergov qilish uchun qo'llaniladigan tergov harakatlarini tayyorlash hamda o'tkazish va shu kabilarning eng muhim xususiyatlarini ham aks ettiradi. Ularni bilishga jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish bilan bog'liq obyektlarni kriminalistik nuqtai nazaridan o'rganish, tergov faoliyatining asosiy rivojlanish yo'nalishlarini umumlashtirish va aniqlash, shuningdek tergov va surishtiruvni tashkil etish hamda ularni o'tkazishdagi tipik aloqalar va o'zaro bog'liqlikning barqaror jihatlarini tekshirish hamda aniqlash yo'li bilan erishiladi. Kriminalistik uslubiyotni o'rganadigan qonuniyatlar o'z xususiyatiga ko'ra ikki qismdan: umumiy qoidalar va jinoyatlarni tergov qilishning xususiy (turga oid) uslubiyotlar tizimidan iborat. Umumiy qoidalar kriminalistik uslubiyotning nazariy asoslari bo'lib, u kriminalistikaning mazkur qismining mavzui (predmeti)ni, ilmiy bilimlarning boshqa sohalari bilan aloqalarini, xususiy kriminalistik uslubiyotlarni tuzish, ishlab chiqish va ulardan foydalanishga oid eng muhim masalalarni hamda jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olish muammolarini tadqiq etishni o'z ichiga oladi. Pirovard natijada samarali xususiy kriminalistik uslubiyotlarning yaratilishi va ularning jinoyatchilikka qarshi kurashda muvaffaqiyatli qo'llanilishi ana shu masalalarning qanchalik puxta ishlab chiqilganligiga bog'liq bo'ladi. Xususiy uslubiyotlar - kriminalistika fanining pirovard «mahsuloti» bo'lib, amaliy xususiyatga ega bo'lgan hamda tergovchilar va surishtiruvchilarga jinoyatlarning har xil turlarini ochish, tergov qilish va bartaraf etishda ularning ishlarini maqbullashtirish uchun mo'ljallangan nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalar majmuidan iboratdir. Kriminalistik uslubiyotning umumiy qoidalaridan farqli o'laroq xususiy uslubiyotlar - bu jinoyatlarning ayrim turlarini ochish, tergov qilish va jinoyatchilikni bartaraf etishni tashkil qilish bo'yicha uslubiy toifalashtirilgan tizimdir. Kriminalistik uslubiy tavsiyalar - jinoyatlarning muayyan turlarini ochish, tergov qilish va ularning oldini olishni tashkil etish hamda amalga oshirish bo'yicha ilmiy ishlab chiqilgan va amalda tekshirilgan maslahatlar (takliflar)dir. Har bir xususiy uslubiyot amalda turli sharoitlarda ishlash uchun o'zaro bir-biriga bog'liq maslahatlar tizimini (majmuini) hosil qiluvchi bir necha tavsiyani o'z ichiga oladi. Tergov qilish uslubiyoti - jinoyat ishini yuritishga doir qonun talablaridan, vujudga kelgan tergov vaziyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.89 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.89 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga