Jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimlardan foydalanish tartibi Reja: 1. Maxsus bilimdan foydalanish tushunchasi 2. Tergov jarayonida va ekspertiza o'tkazishda maxsus bilimning qo'llanish shakllari 3. Ekspertiza tayinlashga tayyorgarlik ko'rish va namunalar olish tartibi 4. Ekspert xulosasi va uning natijalarini baholash Sodir bo'lgan jinoyatni tergov qilish jarayonida, shuningdek, sud muhokamasida tekshiruv vaqtida ish uchun ahamiyatli bo'lgan qator holatlar yuzasidan maxsus bilim, ya'ni fan-texnika, san'at yoki o'z kasbini qo'llab tekshiruv o'tkazish va shu asosda tegishli ma'lumotlarni olish zarur. Bunday tekshiruvlar maxsus bilimga ega bo'lgan shaxslar tomonidan o'tkaziladi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 172 - moddasida, Ish uchun ahamiyatli holatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni fan, texnika, san'at yoki kasb sohasi bo'yicha bilimi bo'lgan shaxs o'tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo'lganda ekspertiza tayinlanadi, deyilgan. Masalan, jinoyat sodir bo'lgan joyda topilgan qo'l-barmoq izi kim tomonidan qoldirilganligi, otilgan o'q yoki gilza qanday o'q otish qurolidan otilganligi, ashyoviy dalil bo'lgan hujjatning qo'lyozma matni, imzolari, kim tomonidan yozilganligi kabi masalalarni hal qilishga to'g'ri keladi. Sud ekspertizasi - protsessual qonun asosida surishtiruv, tergov yoki sud organlari tomonidan tayinlanib, maxsus bilimlarga ega shaxs tomonidan o'tkaziladigan tekshiruv bo'lib, uning natijasi alohida protsessual hujjat - ekspert xulosasi shaklida rasmiylashtiriladi. Bu xulosa jinoyat, fuqarolik, xo'jalik ishlari yuzasidan dalil bo'lib, boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi. Maxsus bilimga ega bo'lgan mutaxassislar, kasb-hunar egalari, sanoat, qishloq xo'jaligida, qurilishlarda turli majmualarni tekshirib tegishli xulosalarni beradilar. Ular, jumladan, ishlab chiqilgan loyiha shu kunning ilm-texnika talabiga qanchalik javob berishi, muhandislik, texnikaviy hisoblarning to'g'riligini, ish qobiliyatini yo'qotgan ishchi va xizmatchilarning nogironlik darajasini aniqlash va shu kabi boshqa keng doiradagi masalalarni hal qilishga jalb etiladi. Sud va tergov organi xodimlarining o'zi ekspertiza tekshiruvi uchun zarur bo'lgan maxsus bilimga ega bo'lgan taqdirda ham ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod qilinmaydi, chunki ularning protsessual holati bo'yicha ishni tekshirishda o'ziga xos vakolati bo'lib, ekspertiza o'tkazadigan mutaxassislarning vakolatlari ham protsessual holatidan kelib chiqadi. Bu tartib ekspertiza xulosasi xolisona bo'lishining kafolatlaridan biridir. Ekspert - ma'lum sohada ilm, fan, texnika, san'at yoki hunarda bilimi bo'lgan va protsessual huquqiy vakolatga ega shaxs hisoblanadi, uning huquq va majburiyatlari JPK 68-moddasida belgilangandir. Ekspert xodimlarining faoliyati davlat ekspertiza muassasalarida yoki boshqa tashkilotlarda namoyon bo'lishi mumkin. Ular qayerda ishlashlaridan qat'i nazar, ish yuzasidan ekspert sifatida tayinlash protsessual qonunda ko'rsatilgan tartib asosida amalga oshiriladi, ular teng huquq va majburiyatlarga egadir. Ekspertiza tekshiruvini o'tkazish jarayonida ekspert mustaqil protsessual shaxs sifatida ekspertizaga oid bo'lgan qo'shimcha obyektlar, axborotlar, jinoyat ishi va ekspertiza materiallarini talab qilishlari mumkin. Ekspert oldiga qo'yiladigan savollar uning maxsus bilimlari doirasida bo'lishi lozim. Bu talab buzilib, ekspert ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.62 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.62 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc