Jinoyatlarni tergov qilishda tezkor - qidiruv organlarining tergov va surishtiruv organlari bilan o'zaro hamkorligi

Jinoyatlarni tergov qilishda tezkor - qidiruv organlarining tergov va surishtiruv organlari bilan o'zaro hamkorligi

O'quvchilarga / Huquq
Jinoyatlarni tergov qilishda tezkor - qidiruv organlarining tergov va surishtiruv organlari bilan o'zaro hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Jinoyatlarni tergov qilishda tezkor-qidiruv organlarining tergov va surishtiruv organlari bilan o'zaro hamkorligi Reja: Tergovchilarning tezkor-qidiruv organlari bilan o'zaro aloqasi umumiy masalari O'zaro aloqaning asosiy taktik-uslubiy qoidalari Ayrim tergov harakatlarini bajarishda o'zaro aloqa turlari 1. Tergovchilarning tezkor-qidiruv organlari bilan o'zaro aloqasi umumiy masalari Tergov va tezkor faoliyat tajribasi ko'pgina jinoyatlarni tez va to'liq fosh qilish hamda tergovning boshqa vazifalarini hal etish odatda tergovchilar va huquqni muhofaza qilish organlari tezkor xodimlarining aniq kelishilgan birgalikdagi harakatlarini taqozo qilishini ko'rsatadi. Odam o'ldirish, nomusga tegish, poraxo'rlik, o'zganing ko'p miqdordagi mulkini talon-toroj qilish, terrorchilik harakatlari, odam savdosi, qurol, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish hamda boshqa og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni fosh qilishda tergovchilar va tezkor xodimlar hamkorligini taktik va uslubiy jihatdan to'g'ri tashkil etish juda muhim. Bunday hamkorlik uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda ayniqsa zarur. Jinoyatlarni tergov qilishda tergov organlari bilan surishtiruv organlari tezkor-qidiruv bo'linmalarining birgalikdagi faoliyati kriminalistika va tergov amaliyotida o'zaro aloqa degan nom olgan. Bunday o'zaro aloqa usullari va uslublari yig'indisi esa jinoyatlarni tergov qilish taktik va uslubiy vositalari to'plamining muhim elemen-tlaridan biri hisoblanadi. Jinoyat-protses¬sual qonuni va TQF to'g'risidagi qonunning tushunchalar apparatida o'zaro aloqa atamasi yo'qligiga qaramay, O'zbekiston Respublikasi IIV, MXX, DBQ va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tergovchilari va tezkor-qidiruv organlarining kriminalistika nazariyasi va amaliyotida o'zaro aloqa deb ataladigan kelishilgan harakatlari zarurligi ushbu qonunlarning ma'nosi va mazmunidan kelib chiqadi (O'zR JPKning 339-moddasi, TQF to'g'risidagi qonunning 3-9-moddalari). O'zR JPK va TQF to'g'risidagi qonunga muvofiq tergovchilarning tezkor-qidiruv organlari bilan o'zaro aloqasi asosan dastlabki tergov jarayonida amalga oshiriladi. Biroq, u jinoyat ishi qo'zg'atilishidan oldin ham, dastlabki tergov to'xtatilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Dastlabki tergov jarayonida o'zaro aloqa qilish zarurati, odatda, shoshilinch tergov harakatlari bajarilganidan keyin jinoyat ochilmay qolganida yoki to'liq fosh qilinmaganida, jinoyatning barcha ishtirokchilari, ishning muhim holatlari aniqlanmaganida, muhim tusmollar tekshirilmaganida, dalillarni topish va ayrim tergov harakatlarini o'tkazishda qiyinchiliklar mavjud bo'lganida yuzaga keladi. Jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichida o'zaro aloqa jinoyat ishini qo'zg'atish uchun yetishmayotgan materiallarni olish va ularni tekshirishga qaratiladi. Dastlabki tergov to'xtatilganidan keyin o'zaro aloqa topilmagan yoki tergovdan qochib yashiringan jinoyatchini qidirish vazifalarini hal qilish bilan bog'liq bo'ladi. Huquqni muhofaza qilish (IIV, MXX, DBQ va Bosh prokuratura) organlarining o'zaro aloqa doirasidagi va undan tashqaridagi tezkor-qidiruv choralari noprotsessual, asosan qidiruv-ma'lumot, kuzatuv-tekshiruv va razvedka xususiyatiga ega bo'ladi, maxsus nooshkora va oshkora usullar va vositalar yordamida amalga oshiriladi va jinoyatlarni hamda ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.59 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.59 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga