Jinoyatlarni yuridik va faktik xatolar bo'yicha kvalifikatsiya qilish Reja: Jinoyat huquqida xatoning qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati. Yuridik xato turlarining qilmishning kvalifikatsiyasiga ta'siri. Faktik xato turlarining qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi ta'siri. Huquqiy normalar raqobati mavjud bo'lganida qilmishni kvalifikatsiya qilish Jinoyatlarni yuridik va faktik xatolar bo'yicha kvalifikatsiya qilish Jinoyat qonuni prinsipida xar bir shaxsni haqiqatdan sodir etgan harakati uchun javob berishini ko'rsatadi. JK 21, 22-moddalarida ko'rsatilgan ayblanuvchini tafakkuri va irodasida kelib chiqqan: ijtimoiy xavfli harakatning faktik ahamiyati, jinoyat huquqiy ahamiyatiga ega ekanligi, kelajakda sodir bo'ladigan ijtimoiy xavfli harakatga, xohish, yo'l qo'yib berish, ahamiyati, jabrlanuvchiga zarar etkazmasligiga umid bog'lashi hisoblanadi. Real hayotda muammolar tartibi shaxs qachonki ijtimoiy va xarakteridan kelib chiqqan munosabatlarda bir vaqtda kamdan kam yanglishadi. Bunday hollar jinoyat huquqija xato deb yuritiladi. Shunga ko'ra jinoyat huquqida xato- shaxs haqiqatan ham (jabrlanuvchiga nisbatan) yoki faktik xato (xususiyatiga ko'ra) xato qilishdir. Xato shaxsning o'z ijtimoiy xavfli harakati yoki xavfsizligining va uning oqibatlarining yuridik va faktik xususiyatini noto'g'ri tasavvur etishidir. Xato muayyan vaziyatda haqiqiy holat haqida aniq ma'lumotga ega emasligi tufayli sodir etilishi, shaxsning o'z qilmishining jinoyatmi, yoki jinoyat emasmi ekanligini bilmasligi, qo'rqinch, kuchli hayajon tufayli yuz berishi mumkin. Jinoyat huquqida xato sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovchi haqiqiy holatlarni noto'g'ri tassavvur qilishdan yoki qilmishning yuridik tavsifini (jinoyat yoki jinoyat emasligini, agar jinoyat bo'lsa, qanday jazoga loyiqligini) noto'g'ri tasavvur qilishdan iboratdir. Jinoyat huquqi nazariyasida xato shaxsning o'z qilmishi va uning oqibatlari haqidagi noto'g'ri tassavvuriga qarab ikki turga bo'linadi. Bular jinoyat huquqida a) yuridik xato va b) faktik xatoga bo'linadi. Yuridik xato bu shaxsning noto'g'ri tasavvuri va yuridik oqibat vujudga kelishi. Yuridik xato - shaxsning sodir etgan qilmishining yuridik mohiyatini yoki yuridik oqibatini xato tasavvur qilishidir. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning o'z qilmishi jinoyat yoki jinoyat emasligini, uning qilmishi jinoyat bo'lsa, qaysi qonun bilan javobgar qilinishini, qanday jazo tayinlashini xato tasavvur qilishdan iborat. Yuridik adabiyotlarda yuridik xatoni quyidagi turlarga bo'ladilar: 1) shaxs o'z qilmishini jinoyat deb hisoblamaydi. Aslida ushbu qilmish jinoyat qonunida jinoyat hisoblanib, jinoiy jazo nazarda tutilgan bo'ladi. Bunday xato qasddan sodir etiladigan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda ham yuz berishi mumkin. Chunki qonunni bilmaslik shaxsni oqlash uchun, yani qilmishni jinoyat hisoblamaslik uchun asos bo'la olmaydi; 2) shaxs o'z qilmishini jinoyat deb hisoblaydi. Aslida shunday qilmish uchun jinoyat qonunida javobgarlik belgilanmagan bo'ladi. Bunday qilmish qonun bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatga zarar etkazilmaganligi tufayli jinoyat darajasidagi ijtimoiy xavflilik darajasiga ega emasligi, ijtimoiy munosabat jinoyat qonuni bilan qo'riqlanmaganligi bois jinoyat hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, shaxs o'z qilmishini jinoyat deb ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.8 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.8 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc