Jinoyatlarning oldini olish choralari Jamiyatda davlat qonuniyligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi izchillik bilan rivojlanishining asosiy vazifalaridan biridir. Qonuniylikka ulkan ahamiyat beradigan jamiyat haqiqatan demokratik, insonparvar, adolatli va huquqiy hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida jinoyat-huquqiy faoliyatning tartibini belgilaydigan qonun - Jinoyat protsessual kodeksidir. Ushbu qonunning asosiy vazifalari JPKning 2-moddasida belgilangan. Ularning biri - jinoyatlarning oldini olishdir. Jinoyatning asosiy sabablarini, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash tergovchi, prokuror va sud zimmasiga yuklatilgan. Bundan tashqari, turli jinoiy qilmishlarni albatta aniqlash, qonunlar bajarilishini nazorat qilish, jinoyat sabablarini, u sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash kerak, chunki bu shaxsga ayblov qo'yish hamda uni sud qilish asosi hisoblanadi. Jinoyatlarning oldini olish choralari doimo muhim vazifa bo'lib kelgan. Bu masalaga Prezident Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasidagi ma'ruzasida ayniqsa katta etibor berdi. Jumladan, Prezidentimiz «Jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashish samaradorligi jazoning og'irligi va shafqatsizligi emas, balki birinchi navbatda, qonunni buzgan shaxsning jazoning muqarrarligini nechog'li anglashiga bog'liq1 ekanligini alohida takidladilar». Olimlar jinoyatlarning oldini olish hamda uning choralari ahamiyati haqida ham ilmiy tadqiqotlar olib borishgan2 . Jinoyatlarning oldini olish choralarini umumiy va maxsus choralarga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Agar umumiy choralar deganda, jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni o'rganish, shuningdek oila, muhit va jamiyatning ushbu jinoyatga ta'sir etishini tahlil etish tushunilsa, maxsus choralar deganda esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatlarning oldini olish bo'yicha choralarini o'rganish anglanadi. Jinoyatning mavjudligi ikkita omil bilan belgilanadi: 1) uni sodir etish sabablari va shart-sharoitlari; 2) jinoyat sodir etilishiga olib kelgan vaziyatlar. Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar va tergov organlari ushbu omillarni o'rganishi va aniqlashi hamda ular u yoki bu jinoyatning sodir etilishi bilan qay darajada bog'liqligini aniqlashi shart. Jinoyat protsessida jinoyat sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda belgilash bo'yicha butun protsessual tizim, shuningdek ularning oldini olish bo'yicha choralar ishlab chiqilgan. Jinoyatlarni to'liq va tez ochish, aybdorlarni fosh etish hamda jazolash, qonunlarni to'g'ri va aniq qo'llash tergov hamda sud organlarining asosiy faoliyati hisoblanadi. Boshlang'ich bosqichda jinoyatlarni har tomonlama va to'laqonli ochish natijasida tergovchi hamda prokuror jinoyat sodir etilishiga olib kelgan asosiy sabablarni aniqlashi hamda bu haqda davlat, tergov va jamoat organlariga taqdimnoma tarzida malum qilishi, shuningdek ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralari haqida ularni xabardor qilishi kerak. Taqdimnoma jinoyatning sodir bo'lishiga sabab bo'lgan shart-sharoitlarni fosh etishga qaratilgan. Bundan tashqari, unda jinoyatni fosh etish borasida shaxsning yuqori darajadagi ongi haqida aytiladi, jamoat birlashmalari rahbarlarining etibori jalb etiladi va hokazo. JPKning 47-bobida belgilanganidek, prokuror tergov organlari tomonidan qonunlarni to'g'ri tatbiq qilish ustidan nazoratni amalga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.33 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc