Jinoyatlarning oldini olishda viktimologiya tushunchasi va uni ilmiy bilishning ahamiyati Reja: «Viktimologiya» tushunchasi va jinoyatlarning sabab hamda sharoitlarini bartaraf etishda viktimologiya nuqtai nazaridan yondashish Viktim holatlar va ularning tasnifi Kriminologiya fanida viktimlik holatlarining oldini olishdagi asosiy vazifalar Viktimologiya» tushunchasi va jinoyatlarning sabab hamda sharoitlarini bartaraf etishda viktimologiya nuqtai nazaridan yondashish Kriminologiya fanida jinoyatchilikdan jabrlanganlar, ya'ni jinoyat qurbonlari to'g'risidagi ta'limot «viktimologiya» (lotin tilidan «victima» - ya'ni, jabrlangan, jabrlanuvchi va «logos» - ta'limot) deb e'tirof etilgan. Ta'kidlash joizki, viktimologiya, o'z mazmuniga ko'ra, nafaqat jinoyatchilik natijasida jabrlanganlarga yetkazilgan zararni o'rganadi, balki baxtsiz hodisa, tabiiy ofat, urush, genotsid, davlatning noto'g'ri siyosati oqibatida yuzaga kelgan jabrlanishlarni ham o'z ichiga oladi. Kriminologiyada ushbu tushuncha tor ma'noda, ya'ni faqat jinoiy xatti- harakatlardan jabrlanganlarga nisbatan qo'llaniladi. Hech shubha yo'qki, kriminologiya nuqtai nazaridan jabrlanuvchilarni tadqiq etish mumkin va, shu bilan birga, atroflicha o'rganish lozim. Agar jinoyat oqibatida jabrla- nuvchiga turli qilmishlar natijasida (moddiy, ijtimoiy, jisman, ruhiy, ma'naviy kabi) jabr yetkazilishini fan tilida aksioma deb qabul qilsak, unda jinoyat qurbonlari deb jinoyat qonunchiligi asosida qo'riqlanadigan turli obyektlar va ijtimoiy qadriyatlarni o'zida jamlagan munosabatlar tizimini tushunishimiz mumkin. Demak, jinoyat qurboni: muayyan shaxs, kishilar jamoasi, jamiyat, davlat va hatto xalqaro huquq-tartibot organlari ham bo'lishi mumkin. Shuningdek, jinoyat qurbonlari sifatida qotillik sodir etgan shaxsning oila a'zolari yoki huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga yordam bergan shaxsni ham ko'rsatish mumkin. Hatto jinoyatchining o'zi ham o'z jinoiy xatti-harakatlarining qurboniga aylanishi mumkin (masalan, ommaviy tartib- sizliklar, guruhiy bezoriliklar kabilarda). Aynan jinoyatdan jabrlanganlarning jinoyat sodir etilishiga aloqadorligi xususidagi fikrlarning yuzaga kelishi hozirgi kunda yangilik emas. Zero, bu haqdagi dastlabki yaratilgan ilmiy xulosalar XVII asrda yuzaga kelgan. Masalan, klassik huquqshunoslik namoyandalaridan biri Meremiya Bentam (1748-1832) jinoyat qonunchiligiga jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash va shu orqali jinoyat sodir etuvchilarning muayyan jinoiy maqsad- lardan o'zlarini tiyishga olib kelishini ta'minlash maqsadida zarur moddalar kiritilishini taklif etgan. Ushbu taklif asosida aholini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni kuchaytirishni pozitiv huquq nuqtai nazaridan Raffael Garofolo ham yoqlagan (1852-1934). Nemis kriminolog olimi Sara Morjori Freyning (1894-1958) jinoyatchi va jabrlanuvchilarni yarashtirish muammolari bilan shug'ullanganligi ham tarixdan yaxshi ma'lum. Jinoyatlardan jabrlanganlar muammosini o'ziga xos omil sifatida o'rganish esa XX asrning birinchi yarmida yanada jonlandi. Ilmiy adabiyotda bu nemis olimi Gans fon Genting nomi bilan bog'langan. Bunga asos sifatida uning 1948-yilda chop etilgan «Jinoyatchi va qurbon» degan asari ko'rsatib o'tilgan. Gans fon Genting bu asarida jabrlanuvchini jinoyatning yuzaga kelishidagi asosiy omil deb ko'rsatgan. Shu bilan birga, u jinoyatchilikning jabr yetkazuvchi shaxs va uning qurboni o'rtasidagi o'ziga xos munosabat ekanligini ta'kidlagan. Shuningdek, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.5 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.5 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc