Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq subyekti sifatida

Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq subyekti sifatida

O'quvchilarga / Huquq
Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq subyekti sifatida - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq subyekti ifatida Reja: 1. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati 2. Fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari 3. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ma'muriy-huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari Ma'muriy huquqning asosiy subyektlaridan biri - bu fuqarolardir. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar - ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kirishib, ma'lum bir subyektiv huquq va majburiyatlarga ega bo'lishlari mumkin. Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi (ma'muriy-huquqiy munosabatlardagi) huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari, javobgarligining yig'indisi - fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holatini tashkil etadi. Bu munosabatlar fuqarolarning ma'muriy huquqning boshqa subyektlari bilan, masalan, davlat hokimiyati organlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa va jamoat birlashmalari hamda ularning mansabdor shaxslari bilan o'zaro aloqasi natijasida vujudga keladi. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holati konstitutsiyaviy va ma'muriy huquq normalari bilan tartibga solingan - fuqaro huquqiy holatining ajralmas qismi hisoblanadi. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari - ularning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadi hamda ma'muriy-huquqiy aktlarda o'z ifodasini topadi. Fuqarolar o'zlariga tegishli bo'lgan huquqlarini, shu jumladan ularni himoya qilish huquqini ham o'z xohishlariga ko'ra tasarruf etadilar. Fuqarolar o'z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fuqarolar o'z huquqlarini amalga oshirishi bilan boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolar o'z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma'naviy prinsiplari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari lozim. Fuqarolarning boshqa shaxsga zarar yetkazishiga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste'mol qilishiga, shuningdek, huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yo'l qo'yilmaydi. Fuqarolarning ma'muriy-huquqiy holatini amalga oshirishda - fuqarolarning ma'muriy huquq layoqati va ma'muriy muomala layoqatiga ega bo'lishi, katta ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Fuqarolarning davlat boshqaruvi sohasidagi huquqlari va erkinliklari, birinchi galda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan belgilangan bo'lib, bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir; har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega; hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas; jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.8 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.8 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga