Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining huquqiy kafolatlari Reja: Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining huquqiy kafolatlari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining huquqiy kafolatlari Jamiyatimizning barcha sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar zamirida inson huquq va erkinlari, uning shani va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida etirof etish kabi ezgu g'oyalar mujassam. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va jamiyat rivojlanishining boshqa strategik yo'nalishlari, inson huquq va erkinliklarining kafolatlari, davlat boshqaruvining adolatli va demokratik prinsiplari, ma'naviy qadriyatlar asoslarini mustahkamlagan huquqiy hujjatdir. Mustaqillikning qisqa davri mobaynida erishilgan natijalarga nazar tashlar ekanmiz, to'la ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda qonun ustuvorligini, inson va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ta'minlash, jumladan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining huquqiy kafolatlari sohasida muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirildi. Buning asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning quyidagi normasi tashkil etadi: «Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart». Ushbu modda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarning me'yorlariga ham mos keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar o'z ariza va shikoyatlarini ommaviy axborot vositalari orqali ham bildirilishi mumkin. Xalq vakillari va mansabdor shaxslar ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqishda har bir murojaatga jiddiy mas'uliyat hissi bilan yondashishlari zarur. Zero, har bir murojaat ortida inson muammosi, inson taqdiri yotadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Konstitutsiyaning ushbu moddasidan kelib chiqqan holda bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunda murojaatlar og'zaki, yozma yoki elektron shakldagi ariza, taklif va shikoyat tarzida bo'lishi mumkinligi, barcha turdagi murojaatlar, ularning turi va shaklidan qati nazar, bir xil ahamiyatga egaligi qayd etilgan. Ushbu Qonun 5 bob, 31 moddadan iborat bo'lib, unda qonunning maqsadi, murojaatlar to'g'risidagi normativ hujjatlar, murojaat etish huquqi, murojaat shakllari va turlari hamda ularga qo'yiladigan talablar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlarining kafolatlari, murojaatlarni berish va ko'rib chiqish tartibi, murojaatlarni berish va ko'rib chiqish muddatlari, murojaatlarni ko'rib chiqmaslik holatlari, murojaatlarni ko'rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda davlat organlarining majburiyatlari, murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish, yakunlovchi qoidalar va boshqa xulq-atvor qoidalari o'z ifodasini topgan. Davlat organlari, mansabdor shaxslar hamda xalq vakillari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun talablari asosida ko'rib ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.25 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.25 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc