Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqining kafolatlari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqining kafolatlari

O'quvchilarga / Huquq
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqining kafolatlari - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqining kafolatlari Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqining kafolatlari Fuqarolarning huquqlari davlat nazoratida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqining kafolatlari Hozirgi kunda diyorimizda inson huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta'minlashda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ko'rib chiqish va qonuniy hal qilish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyamizga asosan inson, uning huquq va erkinliklari, shani hamda qadr-qimmati eng oliy qadriyat hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlarini hal etishning milliy qonunchilik bazasi yaratilgan bo'lib, uning asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Konstitutsiyaning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shartligi belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyamiz tom manodagi demokratiyaning asl mazmunini to'la-to'kis aks ettirib, fuqaro, jamiyat va davlat o'rtasidagi huquqiy aloqalarni oqilona uyg'unlashtirgan. Takidlash lozimki, Konstitutsiyada fuqarolar huquqlarini ta'minlashga yo'naltirilgan muhim prinsiplar mustahkamlangan. Mazkur prinsiplar, avvalo, davlat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarda inson huquq hamda erkinliklarining ta'minlanishi; demokratik huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi tamoyillaridir. O'zbekistonda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masul ekani, shuningdek, davlat hokimiyatining xalq manfaatlarini ko'zlab, Konstitutsiya va qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan amalga oshirilishi kabi prinsiplar aynan fuqarolar haq-huquqlarini etirof ettiruvchi qoidalardir. Konstitutsiyaning ushbu normasi talablarini hayotga tatbiq etish maqsadida dastlab 1994 yil 6 mayda O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi, so'ng 2002 yil 13 dekabrda ushbu qonunning yangi tahriri va nihoyat, 2014 yil 3 dekabrda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunlari qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonuni fuqarolar, yani jismoniy shaxslar bilan bir vaqtda yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi bilan avvalgi «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi qonundan tubdan farq qiladi. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi, birinchidan, yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqni bartaraf etishni, ikkinchidan, axborot texnologiyalar sohasidagi yangiliklarni, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining demokratlashtirish, ochiqligini ta'minlash sohasidagi islohotlarni inobatga olgan holda fuqarolarning davlat organlariga murojaat etish, ularni ko'rib chiqish va hal etish tartibini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Qonunning muhim yangiliklaridan biri jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari elektron shaklda ham bo'lishi mumkinligidir. Shu munosabat bilan elektron murojaatlarga qo'yiladigan talablar ham belgilangan. Unga asosan, «elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo'lgan elektron hujjat shaklida bo'lishi kerak. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.27 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.27 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga