Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirishda axborot xizmati Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirishda axborot xizmati ko'rsatishning ahamiyati Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirishda axborot xizmati ko'rsatishning ahamiyati Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq yurtimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid masalalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Zero, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga oid masalalar mamlakatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida «Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir», shuningdek 30-moddasida «O'zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo'lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim» ekanligi hamda 35-moddasida «Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart»ligi qatiy belgilab qo'yilgan. Bu konstitutsiyaviy me'yorlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari ta'minlanishining huquqiy asoslaridan bo'lib xizmat qilmoqda. O'tgan yillar mobaynida fuqarolarning murojaatlariga oid qonun hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirilib borildi. Xususan, 1994 yil 6 mayda O'zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun fuqarolarning davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mulkchilik shaklidan qati nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarga murojaat qilish huquqini ifoda etuvchi asosiy qoidalarni, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi va muddatlarini belgilab berdi. Mazkur qonunning jamiyat va davlat rivojidagi ahamiyati hisobga olinib, u 2002 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. 2014 yilda yanada takomillashgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etishda fuqarolarni axborot bilan ta'minlash, ularga axborot xizmati ko'rsatish muhim o'rin tutadi. Gap shundaki, fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etishda jarayonida fuqarolarni o'zlarining murojaatlari bo'yicha zarur ma'lumotlar va axborotlar bilan ta'minlash murojaatni ko'rib chiqish va hal etishning ajralmas tarkibiy qismi va zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonunning 21-moddasida murojaatlarni ko'rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari belgilangan bo'lib, unga binoan murojaat davlat organlari tomonidan ko'rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko'rib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko'rib chiqish natijalari bilan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc