Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun ijrosining asosiy yo'nalishlari Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun ijrosining asosiy yo'nalishlari Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyati ustidan prokuror nazorati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun ijrosining asosiy yo'nalishlari Albatta, o'tgan davrda mamlakatimizda ulkan demokratik islohotlar amalga oshirildi, jamiyat o'z taraqqiyotida yangi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy bosqichga ko'tarildi, eng asosiysi, fuqarolarning huquqiy ongi o'sdi. Bunday o'zgarishlar, o'z navbatida, amaldagi qonunchilikni, jumladan fuqarolarning murojaatlarini hal etish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishni, uning normalarini bugungi kun talablariga moslashtirishni taqozo etdi. Ko'pchilikka malumki, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida» gi qonun hujjati ustida Respublikaning masul vazirlik va idoralari qatorida prokuratura va adliya organlari tomonidan ancha yillar davomida faol ishlandi. Shuningdek, qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy va MDH davlatlari amaliyoti ham o'rganib chiqildi. xalqaro tajribani o'rganish shuni ko'rsatdiki, xorijiy mamlakatlarda (Germaniya, Kanada, Norvegiya, AQSH, Shveytsariya, MDHning ayrim davlatlari) davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish masalalarini tartibga soluvchi maxsus qonun hujjatlari qabul qilingan. Yurtboshimizning «har qaysi murojaatning ortida tirik jon turibdi, ularda kimningdir arz-dodi, kerak bo'lsa, dardi, ayrim amaldorlar tomonidan yo'l qo'yilgan adolatsizlik turganini hech qachon unutmaslik lozim», degan fikrlari har bir fuqaroning yuragiga, masul shaxsning esa diqqatiga etib bordi hamda yuqoridagi qonunning yaratilishiga turtki va asos bo'ldi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida belgilab qo'yilganidek, har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egadir. Demak, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqi konstitutsiyaviy huquqdir. Endi, yangi qabul qilingan qonunning ijro etilishidagi asosiy yo'nalishlariga qisqacha to'xtalib o'tsak. Avvalo, qonunga muvofiq nafaqat jismoniy shaxslar, balki yuridik shaxslarning ham murojaatlarini tartibga solish belgilandi. Yuridik shaxs kim? O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasiga ko'ra, o'z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Shu o'rinda, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxati» tasdiqlanganligiga etibor berish lozim. Unga muvofiq, xususiy tadbirkorlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlari jismoniy shaxslarning murojaatlari sifatida ro'yxatga olinadi. Qonunning amal qilish doirasi (chegarasi) aniqlab olinib, unda ushbu qonun talablari fuqarolik, jinoyat va xo'jalik protsessual hamda jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.06 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.06 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc