Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun talablarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun talablarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy-axloqiy qarashlari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonun talablarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik Huquqiy demokratik davlat qurish davrida qonun ustuvorligi va tartib-intizomni ta'minlashning asosiy omillaridan biri jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hamda adolatli hal etishdir. Zero, yurtboshimiz takidlaganlaridek, «huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko'zi ham, so'zi ham qonundir»1. Mamlakatimiz o'z oldiga bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni asosiy maqsad qilib qo'ygan ekan, bu, avvalo, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishining turli yo'llarini takomillashtirishni, tegishli huquqiy asoslarini yaratishni taqozo etadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va qonuniy hal etish ham shular jumlasidandir. Yurtboshimiz tabiri bilan aytganda: «Har qaysi murojaatning ortida tirik jon turibdi, ularda kimningdir arz-dodi, kerak bo'lsa, dardi, ayrim amaldorlar tomonidan yo'l qo'yilgan adolatsizlik turganini hech qachon unutmaslik lozim»2. Fuqarolarning davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'zining huquqiy asosini topgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 32-moddasida «O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar» degan qoida mavjud bo'lib, bu boshqaruv usuli bir nechta vositalar orqali amalga oshiriladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita ishtirok etish vositalaridan biri - ularning turli idora, tashkilot, muassasa va korxonalarga murojaat qilish huquqidir. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida: «Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli organlarga, muassasalarga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart», deb ko'rsatilishining o'zi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari davlat siyosati darajasida nazoratda ekanligidan dalolat beradi. Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari amalga oshirilishini ta'minlash jinoyat huquqining malum bir qoidalari bilan kafolatlanadi. Jinoyat kodeksining «Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar» deb nomlangan VII bobida nazarda tutilgan huquqiy normalar fuqarolarning O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan va kafolatlangan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shaxsiy huquqlarining bevosita amalga oshirilishini taminlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutgan. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun hujjatlarini buzganlik uchun O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonun hujjatlarini buzish deb nomlangan 144-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu modda ikki qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.49 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc