Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qonuniylikni ta'minlash Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi islohotlar va ularning natijalari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun himoyasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida qonuniylikni ta'minlash O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq yurtimizda yashayotgan fuqarolarning tinch-totuv, farovon hayot kechirishlariga, ularning barcha huquq va erkinliklari himoya qilinishiga alohida etibor berib kelinmoqda. Zero, mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu borada sud-huquq sohasida zarur islohotlar o'tkazilib, yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu yo'nalishda mamlakatimizda 2014 yil 4 dekabrdan etiboran O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilgan «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi qonuni o'z kuchini yo'qotib, yangi davlat organlari va muassasalariga, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda vujudga keladigan har qanday ijtimoiy va huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi yangi qonun kuchga kirganligini alohida etirof etish lozim. Yurtboshimiz Islom Karimov takidlaganlaridek, «har qaysi murojaatning ortida tirik jon turibdi, ularda kimningdir arzdodi, kerak bo'lsa, dardi, ayrim amaldorlar tomonidan yo'l qo'yilgan adolatsizlik turganini hech qachon unutmaslik lozim. Bu masalalar bo'yicha biz qancha loqayd va betaraf bo'lib yursak, odamlarning noroziligi shuncha ko'payadi». Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishining qo'shimcha kafolatlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Unda murojaatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan foydalangan holda berish imkoniyati huquqiy jihatdan mustahkamlanib qo'yilgan. Aynan mana shu jihatlar Qonunning muhim yangiligi hisoblanadi. Qonun talablari asosida jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlari hamda muassasalariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga faqat ixtiyoriylik asosida, davlat tilida, qoraqalpoq tilida yoki o'zlari xohlagan, ko'pchilik so'zlashadigan boshqa tillarda og'zaki, yozma va (yoki) elektron shaklda, yakka tartibda yoki jamoa bo'lib ariza, shikoyat va (yoki) taklif bilan murojaat etishlari mumkin. Shu bilan birga, yuqorida ko'rsatilgan tartibdagi murojaat etish huquqidan chet el davlatlarining jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar xam foydalanishga haqli. Etiborli tomoni shundaki, murojaatlar turi (ariza, taklif, shikoyat) va shaklidan (og'zaki, yozma, elektron) qati nazar, bir xil yuridik ahamiyatga ega. Shuningdek, qonunda murojaatlarni bir qator usullarda berish mumkinligi nazarda tutilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar har doim mustaqil va ixtiyoriy ravishda ularda qo'yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organlari va muassasalarining o'ziga bevosita yoxud bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, shuningdek fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlariga va ommaviy axborot vositalari tahririyatlariga berilishi mumkin. Agar bu boradagi vakolat jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda vakilga berilgan bo'lsa, u holda vakolatli vakil ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.27 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.27 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc