Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyotiga doir ayrim mulohazalar

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyotiga doir ayrim mulohazalar

O'quvchilarga / Huquq
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyotiga doir ayrim mulohazalar - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyotiga doir ayrim mulohazalar Reja: Profilaktika inspektorlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish faoliyatini takomillashtirish Doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiquvchi va qaytib kelgan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyotiga doir ayrim mulohazalar «Fuqarolarning murojaatlari» to'g'risidagi qonun 1994 yil 6 mayda qabul qilingan bo'lib, 2002 yil 13 dekabrda yangi tahriri tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma yig'ilishida ilgari surgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga ko'ra 27 qonun, o'nlab me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va zamonaviy talablarni inobatga olgan holda, 2014 yil 3 dekabrda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari» to'g'risida qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning asosiy mohiyati avvalgi va yangi qonunning nomlanishida ham yaqqol ko'rinib turibdi. Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bitta qonun normalari doirasida ko'rib chiqilishi va tartibga solinishi ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi huquqiy kafolatlarni yanada mustahkamladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-moddasiga ko'ra, fuqarolarga (jismoniy shaxslarga) O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari, jumladan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar kirishi, 39-moddasiga binoan, yuridik shaxslar o'z mulkiga, xo'jalik yoki operativ boshqaruvidagi alohida mol-mulkka ega bo'lgan, shuningdek, o'z majburiyatlari bo'yicha shu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarga ega bo'la oladigan, sudda da'vogar va javobgar sifatida ishtirok eta oladigan, o'zining alohida balansiga, smetasiga, bankda hisob raqamlariga, tegishli nomga, o'z muhriga, yuridik manziliga ega bo'lgan tashkiliy tuzilma yuridik shaxs deb yuritilishi ko'zda tutilgan. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari» to'g'risidagi qonunda bir qator yangi normalar belgilandi. Jumladan, Qonunning 2-moddasida murojaatlarni ko'rib chiqish muddatining qisqartirilishi, yuridik shaxslarning fuqarolar bilan bir qatorda shaxsiy va mulkiy daxlsizligini ta'minlash borasida ularni huquqiy himoya qilish kafolatlari mustahkamlandi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaatlariga tegishli munosabatlar, 4-moddasiga ko'ra, murojaatlarning elektron shakli kabilar alohida norma sifatida kiritildi, Yangi qonunga ko'ra, ko'rib chiqish tartibi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi, fuqarolik protsessual , xo'jalik protsessual, jinoyat protsessual, jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari, boshqa qonunlar bilan nazarda tutilgan murojaatlarga, shuningdek, davlat organlari, ularning tarkibiy tuzilmalarining o'zaro rasmiy yozishmalariga nisbatan qo'llanilmasligi belgilandi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, quyidagi masalalarga etibor qaratilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish amaliyoti doimiy ravishda (yarim yilda yoki bir yilda bir marta) O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili - Ombudsman, Inson huquqlari Milliy markazi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy Xo'jalik sudi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.78 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.78 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga