Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

O'quvchilarga / Huquq
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Reja: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Diniy ekstremistik oqim a'zolari yashaydigan oilalarda ijtimoiy-ruhiy muhitni sog'lomlashtirish masalalari Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishga doir qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini har qanday tajovuzlardan himoya qilishdek yuksak maqsadlarga erishish uchun istiqlol yillarida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Bosh qomusimizning 35-moddasida «Har bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqli. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart»ligi, 44-moddada esa «Har bir shaxsga o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi» belgilangan. Fuqarolarimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va shaxsiy huquqlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston davlatchiligining tiklanishi va rivojlanishida, shu asnoda oldimizga qo'ygan ezgu maqsadlarga erishish, huquqiy demokratik davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishda Konstitutsiyamiz mustahkam poydevor bo'lib kelayotganini alohida etirof etish maqsadga muvofiq. Fuqarolarimizning Konstitutsiya va qonunlarda belgilab berilgan huquq va erkinliklarini ta'minlash ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ichki ishlar organlari tizimlarida amalga oshirilgan islohotlarda xodimlarning fuqarolar ishonchini qozonishlari, bu borada, birinchi navbatda, xizmat burchlarini to'liq va sifatli bajarishlari, fuqarolarning haqhuquqlarini turli tajovuzlardan himoya qilishda barcha kuch va vositalarini safarbar etishlari shart etib belgilandi. Mamlakatimiz inson huquqlari oliy qadriyat hisoblanib, ular davlat tomonidan qo'riqlanadi va kafolatlanadi. Shu bois ularning davlat organlari va mansabdor shaxslarga murojaat etish huquqlari himoya qilinadi va ta'minlanadi. Fuqarolar o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarish, buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash, davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir arzlari bilan davlat va vakillik organlariga murojaat etish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdan kuchga kirgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi qonuni ham zamon talabi mahsulidir. Qonunda murojaatlar, ularning turi va shaklidan qati nazar, bir xil ahamiyatga egaligi, shuningdek, Ushbu qonunda fuqarolarning murojaat etish va, o'z navbatida, murojaatlarni davlat va vakillik organlari tomonidan ko'rib chiqilishi hamda hal etilishi tartibi, davlat organlarining bu boradagi majburiyatlari belgilab qo'yilgan. Fuqarolar zarurat tug'ilganda davlat organlari yoki mansabdor shaxslariga murojaat qiladi va ulardan yordam kutadi. Ular turli masalalar bilan murojaat etishlari mumkin, masalan, maishiy turmush yoki ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.18 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.18 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga