Kadrlarni tanlash joy - joyiga qo'yish va tarbiyalash

Kadrlarni tanlash joy - joyiga qo'yish va tarbiyalash

O'quvchilarga / Huquq
Kadrlarni tanlash joy - joyiga qo'yish va tarbiyalash - rasmi

Material tavsifi

Kadrlarni tanlash joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash Reja: O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Kadrlar boshqarmasi to'g'risidagi nizom Boshqarmaning asosiy vazifasi va faoliyat yo'nalishlari Boshqarma boshlig'ining vakolatlari Kadrlarni tanlash joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash Prokuratura organlarida barcha yo'nalishlar bo'yicha nazoratni samarali tashkil qilish kadrlarga bevosita bog'liqdir. Prokuratura organlari oldida turgan muhim vazifalarni hal qilishda yaxshi kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan holda siyosiy tayyorgarlikka ega bo'lgan xodimlar bir qator vazifalarni hal qilishda muhim rol o'ynaydilar. Prokuratura organlariga ishga qabul qilinayotgan yosh xodimlar tegishlicha O'zbekiston Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o'tishlari lozim. Yosh mutaxasislarning ishlarini puxta tashkil qilish prokuratura organlari istiqbolli faoliyatini ta'minlashga qaratiladi. Prokuratura organlarida xizmat qilayotgan xodimlar o'z kasbiy faoliyatlari davomida o'z xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganligi, tashabbuskorligi va ishdagi epchilligi uchun rag'batlantiriladilar. Rag'batlantirish O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini rag'batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to'g'risida»gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Rag'batlantirish: tashakkurnoma, pul mukofati, sovg'a, qimmatbaho sovg'a, belgilangan muddat tugamasdan navbatdagi darajali unvon berish, «O'zbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi» ko'krak nishonini berish kabi turlari mavjud. Intizomiy ja'zolar esa: o'rtacha oylik ish haqining 40 % dan kam bo'lmagan miqdorda jarima solish, havfsan, mehnat shartnomasini bekor qilish. Ushbu intizomiy ja'zolar prokuratura-tergov xodimlariga, shuningdek, prokuror, prokuraturaga qarashli o'quv, ilmiy va boshqa muassasalarning xodimlariga nisbatan o'z xizmat vazifasini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud prokuratura xodimi degan nomga dog' tushiradigan nojo'ya xatti-harakat sodir etganligi uchun qo'llaniladi. Prokuratura organlari xodimlari bir qator talablarga javob berishlari kerak: O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi kerak; oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi kerak; yuksak axloqiy xususiyatlarga ega bo'lishi kerak; amaldagi qonunlarni qo'llay bila olishi kerak; tegishli kasbiy malakaga ega bo'lishi lozim. O'zbekiston Respublikasi «Prokuratura to'g'risida»gi 2001 yil 29 avgustdagi qonuni VI-bo'lim 43-moddasida prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan talablar aks ettirilgan bo'lib, ushbu qonunga ko'ra Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar va ish o'rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik ma'lumotga ega, zaruriy kasbiy fazilatlari bo'lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog'lig'i imkon beradigan O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi. O'zbekiston Respublikasi bosh prokurori Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman-shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga 25 yoshdan kichik bo'lmagan shaxslar tayinlanadi. Ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman-shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga prokuratura xodimlari oldiga qo'yilgan talablarga qo'shimcha ravishda yana ikkita talab mavjud: 25 yoshdan kichik bo'lmagan shaxs bo'lishi; kamida 5 yillik ish stajiga ega bo'lishi lozim. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining Kadrlar boshqarmasi to'g'risidagi 2004 yil 9-dekabr 30-son buyrug'i va shu buyruq bilan tasdiqlangan Nizom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.23 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.23 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga