Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi Reja: 1. Kambag'allik tushunchasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo'llari 2. Kam ta'minlanagan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi 3. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to'lash tartibi Turmush darajasi tushunchasi Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligini baholashning eng muhim mezonidir. Uni oshirib borish ijtimoiy rivojlanishning asosiy maqsadidir. «Turmush darajasi» tushunchasi zamonaviy talqinda inson faoliyatining barcha tomonlariga taalluqli bo'lgan keng qamrovli tushunchadir, ushbu jihatlar jam bo'lib, umuman jamiyat va xususan, uning ayrim a'zolarining farovonligi to'g'risida tasavvur beradi. Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy moddiy va nomoddiy ne'matlar va xizmatlar bilan ta'minlanganlik hamda ularni iste'mol qilish darajasi tushuniladi. Millat (aholi)ning farovonlik darajasini ifodalash uchun turmush darajasi, xalq farovonligi, turmush faoliyati xavfsizligi, turmush tarzi, mehnat faoliyati sifati, turmush sifati kabi turli xil tushunchalar qo'llaniladi. Ba'zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o'rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o'zaro bog'liqligini qayd etish lozim. O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy, ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilish darajasini ifodalaydigan turmush darajasi atamasi kengroq qo'llaniladi. Bunday tavsif ko'proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi (5.1-rasmga qarang). Shu bilan birga turmush darajasi - ko'plab omillar yig'indisi ta'sirida bo'lgan o'zgaruvchan jarayondir. Bir tomondan turmush darajasi muntazam o'zgarib turadigan turli ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan u ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot (ITT) darajasi, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog'liq. 70-80 yillarda turmush tarzi tushunchasi keng qo'llanilgan, bunda hayot faoliyatining sifat ko'rsatkichlari turmush tarzi, miqdor ko'rsatkichlari esa turmush darajasi bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atama va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko'rsatkichlarini yanada to'liqroq ifodalashga imkon yaratadi. xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT) konventsiyalariga muvofiq, har bir inson o'zi va oilasining salomatligi va farovonligini ta'minlovchi turmush darajasiga (oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, tibbiy parvarish, ijtimoiy xizmatlar), shuningdek, ishsizlik, nogironlik, bevalik holatlarida ta'minot olish huquqiga ega. Barcha huquqlar milliy konsepsiyalar asosida amalga oshiriladi. Turmush darajasi konsepsiyasi tamoyillar va ko'rsatkichlar tizimiga asoslanuvchi, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan g'oyani ifodalaydi. Turmush darajasining konsepsiyasi ko'zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.94 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.94 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc