Karimov. I. A asarlarida davlat va huquq Reja: I. A. Karimov asarlarida davlat masalalarini rivojlantirish. I. A. Karimov asarlarida huquq masalalarini rivojlantirish. Shaxs bilan jamiyat, davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar to'g'risidagi muammo eng murakkab ijtimoiy masalalardan biridir. Kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan, dunyoda qudratli kuch bo'lgan inson vujudga keladi. Firdavsiy fikricha, barcha narsaning ijodkori insondir. U shunday yozadi: Insondan yaxshilik, nur va ravshanlik, Insonsiz dunyoda yo'q farovonlik. Inson jamoa ta'siri jarayonida o'z shaxsiyatini shakllantira boradi, ya'ni ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eadi, mehnat qiladi. Madaniy boyliklar yaratadi va hokazo. Shaxsning inson sifatida jamiyatda tutgan o'rni, insoniy xislatlari, qadriyatlari haqida juda qadimdan buyuk mutafakkirlar, allomalar, donishmandlar o'z fikr va mulohazalarini bildirganlar. Ular inson dunyoda cheksiz hurmat va ehtiromga loyiq ekanligini yoqlab chiqqanlar. Masalan, Forobiy fikricha, jamiyatda yashovchi shaxslarning o'zaro munosabati, ularning ijtimoiy faoliyatlari, jamiyatning o'zgarishi, rivojlanishi, baxt-saodatga erishishi jamoa a'zosi bo'lgan insonlarga bog'liqdir. Kishilar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam inson jamoasini keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, yorug' dunyoda kishilar bir-birlariga yordam bersalar, tinch-totuv yashasalar o'zaro insofli bo'lsalar, bu jamiyatda ular baxt-saodatga erishadilar. Forobiy ta'kidlaganidek, «Inson o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi Shuniig uchun inson shaxslari ko'paydilar, Natijada inson jamoasi vujudga keldi». Insonlarning xatti-harakati, fe'l-atvori shaxsda o'z ifodasini topadi va shu bilan birga jamiyatda inson u yoki bu huquq, va burchlarga ega bo'lishi natijasida shaxsga aylanadi. Shaxs deyilganda muayyan huquq va erkinliklarga ega bo'lgan, o'ziga xos intellektual, ruhiy, irodaviy, shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo'lgan inson tushuniladi. Falsafiy nuqtai nazardan shaxs bir insonning jamiyatdagi o'rnini bildiradi. Dunyoda bir-biriga o'xshaydigan, lekin tamomila bir xil bo'lmagan kishilar mavjuddir. Ularning alohida xususiyatlari aklida, his-tuyg'ularida. prodasida namoyon bo'ladi. Insonning shaxs sifatida shakllanishi jamiyatga bog'liq bo'ladi, shuningdek jamiyat taraqqiyoti ham shaxsning amaliy faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Masalan, xar bir AQSH Prezidentining tutgan siyosati, uning obro'yi, davlatni boshqarishi LYUPning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Siz bu xaqda tarix kursidan bilasiz. Bugungi kunda juda ko'p O'rta Osiyo hududida yashab o'tgan tarixiy shaxslarni o'rganmoqdamiz va ularning siyosiy-huquqiy qarashlarini hayotga tatbiq etmoqdamiz. O'zbekiston Rsspublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimovni xam shaxs sifatida juda ko'p xorijiy davlatlar tanidi. Leonid Levitin va Donald S. Karlayl Prezidsntni shaxs sifatida shunday baholaydi: Islom Karimov Prezident sifatida o'z a'molini o'z mamlakati O'zbekistonga xam, dunyoga ham takror-takror bayon qildi U so'zining ustidan chiqadi. Aytganlariga sodiq. U qadam-baqadam, o'zida qancha kuchi bo'lsa, ijtimoiy ongning aynishiga, mehnatga, qariyalarga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.37 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.37 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:28 ]
Arxiv ichida: doc