Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish

O'quvchilarga / Huquq
Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish - rasmi

Material tavsifi

Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish Reja: 1. xo'jalik protsessida kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqi va tushunchasi. 2. Kassatsiya shikoyatining mazmuni, qaytarib yuborish va rad etish asoslari. 3. Kassatsiya instansiya sudida ish yuritish. 4. Kassatsiya instansiya sudining karorlarini uzgartirish, bekor qilish asoslari va tartibi 5. Kassatsiya instansiya sudining karorlari. Kassatsiya instansiya sudining ko'rsatmalarining majburiyligi xo'jalik sudlari hujjatlarini qayta ko'rish shakllaridan biri bu ishlarni kassatsiya tartibida ko'rish hisoblanadi. «Kassatsiya» so'zi lotincha so'z bo'lib, «sindirmok», «bekor kilmok» degan manoni anglatadi. Kassatsiya instansiyasida ish yuritish birinchi marta xo'jalik protsessual qonunchiligida, apellyatsiya instansiyasi bilan birga, 1997 yilda kabul qilingan kodeksda o'z ifodasini topdi. qonunchilikka bu institutning kiritilishi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini qonuniy va asosliligini tekshirish, shu bilan birga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlarini belgilashni nazarda tutadi. Kassatsiya instansiyasi xo'jalik protsessining mustaqil bosqichi bo'lib, sud hujjatlarini qayta ko'rishning boshqa shakllaridan tubdan farq qiladi. Xususan, oldingi bobda gapirib utilgan apellyatsiya instansiyasidan kuyidagilarga ko'ra farqlaymiz: apellyatsiya instansiyasida ish kuzgashda qonuniy kuchga kirmagan birinchi instansiya sudining hal kiluv karori ustidan apellyatsiya shikoyati(protesti) keltirilsa, kassatsiya instansiyasida esa, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ustidan kassatsiya shikoyati(protesti) keltiriladi. Apellyatsiya instansiyasida ishni birinchi instansiya tarikasida kurgan xo'jalik sudining uziga apellyatsiya shikoyati keltirilsa, kassatsiyada kassatsiya shikoyati yuqori turuvchi xo'jalik sudiga keltiriladi. Apellyatsiya shikoyati sudning hal kiluv karori qonuniy kuchga kirguncha bir oylik muddatda takdim etilsa, kassatsiya shikoyati birinchi instansiya sudining hal kiluv karori va apellyatsiya instansiyasining karori qonuniy kuchga kirganidan keyingi bir oy ichida takdim etiladi. apellyatsiya instansiyasida ish qaytadan kurilganda mazmunan qaytadan qurilishi mumkin bulsa, kassatsiya instansiyasida esa,sud hujjatlarining fakat qonuniy va asosliligigina tekshiriladi, xolos. yuqoridagilardan kelib chikib, kassatsiya instansiyasida ish yuritish deb, qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sudining hal kiluv karori, apellyatsiya instansiyasining karori ustidan keltirilgan kassatsiya shikoyati(protesti)ni qonuniy va asosliligini tekshirish tushuniladi. Kassatsiya shikoyatini keltirish huquqi sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgan kundan vujudga keladi. Kassatsiya shikoyatini yoki protestini keltirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar (subyektlar) sifatida kuyidagilar: taraflar, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan chikmaydigan uchinchi shaxslar, ularning vakillari va huquqiy vorislari, davlat organlari va boshqa idoralar, prokuror, shuningdek ishda katnashmagan, birok ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan sud karori chikarilgan shaxslar katnashadilar. Bu shaxslar birinchi instansiya sudining hal kiluv karoridan yoki apellyatsiya instansiyasining karoridan norozi bo'lib, kassatsiya instansiyasida uzlarining talablarini himoya qilishni surab kassatsiya shikoyati keltirish huquqiga egalar. xo'jalik protsessida katnashgan ayrim shaxslar kassatsiya shikoyati keltirish huquqiga ega bula olmaydilar (guvoh, ekspert, tarjimon). O'zbekiston ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.07 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.07 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga