Ko'chmas mulkni sotish, korxonani sotish, ayirboshlash shartnomasi Reja: 1. Ko'chmas mulkni sotish shartnomasi tushunchasi va uning turlari 2. Ko'chmas mol-mulk sotish shartnomasining shakli 3. Ko'chmas mulkni sotish shartnomasining predmeti va bahosi 5. Ko'chmas mulkni topshirish tartibi va sifati lozim darajada bo'lmagan ko'chmas mulkni topshirish oqibatlari 6. Uy-joy binolarini sotishning xususiyatlari Ko'chmas mulkni sotish shartnomasi tushunchasi va uning turlari Ko'chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasiga binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, inshoot, kvartira yoki boshqa ko'chmas mulkni sotib oluvchiga mulk qilib topshirishni o'z zimmasiga oladi. Sotib oluvchi esa buning uchun tegishli haqni to'lashi lozim. FKning 83-moddasiga asosan ko'chmas mulk yer osti boyliklari, ko'p yillik dov-daraxtlar, shuningdek, binolar va inshootlardan iboratdir. Ko'chmas mulkning muhim belgilaridan biri shundan iboratki, u yer bilan mustahkam uzviy bog'liq. Bunday bog'liqlik tabiiy holda vujudga kelganmi (masalan, buloq, kon) yoki inson mehnati orqali vujudga kelganmi (masalan, bino, quduq, bog' va shu kabilar) ahamiyatga ega emas. Ko'chmas mol-mulk yer bilan uzviy ekanligidan, uning ikkinchi bir belgisi kelib chiqadi; bunday mol-mulkni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish mumkin emas yoki ko'chirish jarayonida katta qiyinchiliklar vujudga keladi. Bunday qiyinchiliklar, eng avvalo, ko'chmas mol-mulkni ko'chirganda o'zining tabiiy xususiyatlarini yo'qotishi, undan tayinlanish maqsadi bo'yicha foydalanib bo'lmasligi, shaqlan yoki jisman o'zgarishlarda namoyon bo'ladi. Ko'chmas mol-mulkning muhim belgisi sifatida uning alohida qiymatga ega ekanligi ham adabiyotlarda ko'rsatib o'tilgan. Masalan, ba'zi mamlakatlar qonuni bo'yicha dengiz va daryo kemalari, kosmik obyektlar ham (masalan, yerning sun'iy yo'ldoshlari) ko'chmas mol-mulk jumlasiga kiritilgan. Ko'chmas mol-mulkning quyidagi turlari mavjud: a) mol-mulk majmui sifatida korxona; b) turarjoy binolari; v) yer osti qatlamida, yer bag'rida joylashgan obyektlar (konlar, shaxtalar, g'orlar, yer osti sud xavzalari, tonnellar); g) joylashgan joyidagi yer sathi bilan uzviy mustahkam bog'liq obyektlar (binolar, bog'lar, inshootlar, o'rmonlar, ko'llar, daryolar, ariqlar); d) yer uchastkalari; ye) garchi yer bilan bog'liq bo'lmasa-da, alohida qiymatga ega ekanligi sababli fuqarolik muomalasida ko'chmas mol-mulkning huquqiy rejimi joriy qilingan obyektlar-dengiz va havo kemalari, fazo obyektlari. Ko'chmas mol-mulk sotish shartnomasining shakli Ma'lumki, FKning 84-moddasiga asosan ko'chmas mulkka egalik qilish huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilganda mulkdorlarga ko'chmas mol-mulkka nisbatan mulkdor ekanligi haqidagi hujjat berish, shuningdek, ko'chmas mulkdorini maxsus davlat reyestrida qayd qilish orqali amalga oshiriladi. Ko'chmas mol-mulkning sotuvchisi, binobarin, mulkdor sifatida tegishli hujjatga ega bo'lishi, ko'chmas mol-mulkning o'zi va mulkdori davlat reyestrida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi shart. Aks holda, u ko'chmas mol-mulk oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sifatida qatnasha olmaydi. FKning 480-moddasiga asosan, ko'chmas ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.95 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc