Kompyuterdan foydalanish bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish Reja: 1. Kompyuterdan foydalanish bilan bog'liq jinoyatlarning kriminalistik tavsifi 2. Tergov taktikasining xususiyatlari 90-yillarning birinchi yarmida boshlangan yoppasiga kompyuterlashtirish (AQSH va Farbiy Yevropadagidan kechroq) kompyuter va dasturlar bilan ta'minlash bozorini rivojlantirishga, foydalanuvchining professional tayyorgarligini o'sishiga, tashkilotlarda ma'lumotlarni texnologik ishlab chiqarishni takomillashishi va o'sishiga olib keldi. Keng foydalanish tarmoqlariga tobora ko'proq ulanayotgan EHM tatbiq qilish sohasini sezilarli kengaytirdi. Buxgalterlik va boshqa ishlab chiqarish hujjatlaridan, «qog'ozsiz» avtomatik foydalanish joriy etilmoqda. Kompyuterda saqlanayotgan ma'lumotlar ko'pincha qog'ozda saqlanmaydi. Kompyuter amalda nafaqat rahbarlarning, hatto oddiy xodimlar ish stolining tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bu jarayonning natijalaridan biri kompyuter ma'lumotlarini ishlatish sohasida jinoiy xatti-harakatlar yuz bera boshladi, bu esa mana shu sohada sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni qonun asosida qat'iy belgilab qo'yishga sabab bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 191-moddasiga binoan sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki shu kabi axborotlarni ruxsatsiz to'plash va oshkor qilish, shuningdek buning orqasida ko'p miqdorda zarar yetkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. JKning 174-moddasiga binoan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan ma'lumotlar yoki dasturlarni o'zgartirish maqsadida tegishli ruxsatsiz kompyuter viruslari yoki dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish, shuningdek, ruxsati bo'lmagani holda axborot tizimidan foydalanish ma'lumotlarining buzilishi, olib tashlanishi, yo'q qilib yuborilishi yoki bu tizimning ishdan chiqishiga sabab bo'lish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Kompyuterdagi ma'lumotlarni ko'pincha «an'anaviy» bo'lib qolgan o'zlashtirish, firibgarlik, qalbaki pul yasash, soxta ishbilarmonlik va boshqalarda qo'llaydilar, masalan: to'lov hujjatlarini sohtalashtirish; hisob raqamlariga o'tkazish yo'li bilan naqd va naqd bo'lmagan pul mablag'larini o'g'irlash; pullarni o'zlashtirishi (oshkoralash); tegishli pullarni ikkinchi marotaba olish; qalbaki yoki o'g'irlangan elektron to'lov vositalari yordamida (kredit karta) xaridlar qilish; maxfiy ma'lumotlarni sotish va boshqalar uchramoqda. Kompyuterda shaxslar, ashyolar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi ma'lumotlar to'planadi va tizimga solinadi. EHMdagi, EHM tarmog'idagi - kompyuter ma'lumoti ham jinoyat sodir etilishi obyekti (kompyuterning o'g'irlanishi, mashina vaqtidan noqonuniy foydalanish) yoki vositasi (EHMdan ma'lumot yig'ish uchun, hujjatlarini qalbakilashtirish uchun) foydalanish bo'lganda ham tergov qilish jarayonida ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Programmalashtirilgan mahsulotlar jinoyat obyekti sifatida ham (noqonuniy ko'chirish, buzuvchi programmalar - viruslar yordamida zarar yetkazish), jinoyat sodir etish quroli sifatida ham (tarmoqqa ruxsatsiz kirish, ma'lumotlarni buzish va qalbakilashtirish) ishlatilishi uchraydi. Kompyuter ma'lumoti bo'lib quyidagilar xizmat qiladi: mashinkada bosib chiqarilgan; magnit, optik va boshqa omillardagi to'plagichlar; EHM xotirasidagi tezkor ma'lumotlar ba'zasi. EHMga ma'lumot standart (klaviatura va to'plagichlar), elastik va qattiq magnit disklari hamda nostandart («sichqon», didjitayzer, skaner, o'xshashlik asosidagi raqamli o'zgartirgich) moslamalar orqali kiritiladi. Ma'lumotni chiqarish moslamasining bloki kompyuter ishining natijalarini iste'molchi uchun odatiy moslamalari - monitor (displey), printer, modem, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
71.48 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
71.48 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc