Konflikt ishtirokchilari Konfliktning asosiy subyektlari bu qarama-qarshi kurashuvchi tomonlar hisoblanadi. Keng ma'noda bu konfliktga jalb qilinganlarning hammasi ham uning bevosita ishtirokchilari hisoblanmasligini anglatadi. Bu yerda konflikt dalolatchilari, guvohlari, vositachilari, tashkilotchilari va boshqa shaxslar nazarda tutiladi. Konfliktda ishtirok etuvchi tomonlar deb bir-biriga nisbatan faol (hujum yoki mudofaa shaklidagi) harakatlarni amalga oshiruvchilar tushuniladi. Odatda konfliktda ikkita qarama-qarshi kurashuvchi tomonlar ishtirok etadilar, ba'zida har biri o'z maqsad va vazifalariga ega bo'lgan uch va undan ortiq tomonlar ham qarama-qarshi kurashuvchi taraflar bo'lishi mumkin. Masalan, mehnat konfliktlarida xodimlar va ish beruvchilar ishtirok etadilar. Makrodarajada ishchilar manfaatlarini mehnat jamoalari, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar himoya qilishi mumkin. Ish beruvchilar tarafida turli tadbirkorlik va davlat tashkilotlari turishlari mumkin. Agar tomonlardan biri biror sababga ko'ra o'z faoliyatini tugatsa konflikt barham topadi (yoki uning ishtirokchilari tarkibi o'zgaradi). Muayyan shaxslararo konfliktda tomonlar bo'lib individlar maydonga chiqadi va shu sababli ularning har biri o'zgarmas hisoblanadi, ya'ni ularni boshqasi bilan almashtirib bo'lmaydi. Guruhiy konfliktda o'zgarmaslik shaxsga emas, balki guruhga nisbatan taalluqlidir. Davlatlararo konfliktda esa o'zgarmaslik davlat nomidan harakat qiluvchi mansabdor shaxs yoki organga emas, balki davlatning o'ziga nisbatan belgilanadi. Ba'zi mualliflar (F.Borodkin, N.Koryak) qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarni quyidagi tarzda darajalarga bo'lishni foydali deb hisoblaydilar: eng quyi daraja - individ, keyingisi - guruh, jamoa, milliy tuzilma, ijtimoiy qatlam, jamiyat, davlat. Bunday yondashuv unchalik to'g'ri emas. Ikki shaxs o'rtasidagi konflikt o'zining mohiyati va fojiali tangligiga ko'ra ba'zida guruhlar o'rtasidagi konfliktlarga qaraganda ancha muhim bo'lishi mumkin. Gap subyektning qaysi darajaga mansubligida emas, balki konflikt mexanizmida, uning yo'nalishi, qarshi tomonlarning maqsadlarida va boshqa ko'p holatlardadir. Kurashuvchi tomonlar turli darajalarga taalluqli bo'lishi, ya'ni bir xil darajada bo'lmasliklari ham mumkin. Masalan, individ boshqa shaxs bilan emas, balki guruh yoki davlat bilan konfliktga kirishishi mumkin. Davlatning o'zi ba'zida o'zining tengi bo'lmagan sherik bilan, jamoat tashkiloti, siyosiy partiya, ekstremistlar guruhi va sh.k.lar bilan konfliktlashishi mumkin. Bunday konfliktlar institutlashtirilmagan shakllarda kechsa, odatda juda keskin, vahshiy tus olishi, ba'zida zaif tomonning haloqati bilan tugashi mumkin. Latent bosqichda hamma vaqt ham qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarni aniqlab bo'lmaydi. Biroq, konflikt ochiq shaklga o'tsa kurash ishtirokchilari har taraflama aniqlanadi. Jinoiy jarayon tartibida ko'radigan bo'lsak, jinoyatchi ushlanmaguniga qadar u bilan odil sudlov organlari o'rtasidagi konflikt latent xarakter kasb etadi. Aybdor, albatta, o'zini konflikt tomoni sifatidagi ishtirokini shubhasiz biladi, biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatni aynan kim sodir etganligini bilmasliklari mumkin. Jinoyatni ochish va aybdorni jazolash bo'yicha protsessual faoliyat gumondor ushlangandan so'ng latent bosqichdan ochiq ko'rinishga o'tganda konflikt oydinlashadi. Qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarning muhim xususiyatlari bo'lib, konflikt yakunini belgilovchi ularning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 17:01:01
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 17:01 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.46 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:29 ]
Arxiv ichida: doc