Konfliktlarni oldini olishning yuridik usullari

Konfliktlarni oldini olishning yuridik usullari

O'quvchilarga / Huquq
Konfliktlarni oldini olishning yuridik usullari - rasmi

Material tavsifi

Konfliktlarni oldini olishning yuridik usullari Reja: 1. Umumiy qoidalar 2. Konfliktni institutlashtirish 3. Normativ mexanizmlar Konfliktni oldini olishning ahamiyati. Konfliktning oldini olish, albatta, sodir bo'lgan konfliktni to'xtatish yoki hal qilishdan ko'ra foydali va maqsadga muvofiqdir. Shu sababli jamiyat va davlatning asosiy kuch-g'ayrati konfliktlarni oldini olishga qaratilgan bo'ladi. Bu asosan ijtimoiy manfaatlar va qadriyatlarga, fuqarolarning mulki, sog'lig'i, hayotiga xavf tug'diruvchi davlatlararo va kriminal konfliktlar bilan bog'liq. Davlatlararo konfliktlarning oldini olishga BMTning Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasi kabi organlari, shuningdek, hududiy harbiy-siyosiy tashkilotlar doimo e'tiborni qaratib keladilar. Shu bilan birga konfliktlarni oldini olishning samaradorligi hozirgi kunda yuqori emas. Bu hol shu bilan izohlanadiki, konfliktga uning ilk bosqichida, ayniqsa, latent bosqichida chetdan aralashish kabi to'siqlarga uchraydi. Bir tomondan bunday aralashuv ijtimoiy foydali, ko'pincha zarur va har qanday holda ham natijali bo'ladi. Boshqa tomondan esa, konflikt ko'pincha tomonlarning xususiy ishi deb hisoblanadi. Boshqa shaxslarning xususiy ishlariga aralashmaslik nuqtai nazaridan o'z ta'sirini o'tkazish, tomonlarni yarashishga yoki muayyan xatti-harakatlarni bajarishga majburlash noto'g'ri, noaxloqiydir. Shu sababli konflikt shaxsiy (guruhiy) munosabatlar doirasidan chiqib ketib, o'z faolligi ko'lami, obyektiga ko'ra boshqa tomonlarning hayotiy manfaatlariga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega hodisaga aylanish vaqtidagina konfliktga aralashish mumkin. Konfliktning oldini olish qarama-qarshilik vujudga kelgunga qadar konflikt elementlariga: ishtirokchilariga, ularning harakatlari motivlariga, obyektlariga, foydalanadigan kuchlari va vositalariga ta'sir ko'rsatishdir. Shu bois konflikt xarakteriga qarab uni oldini olish faoliyati turlicha bo'lishi mumkin. Sabablarni bartaraf etish. Konfliktlarni oldini olishning eng samarali shakllaridan biri uning sabablarini bartaraf etish hisoblanadi. Bu faoliyat turli darajalarda namoyon bo'ladi. Umumijtimoiy darajada gap jamiyat va davlat hayotiga xavf tug'diruvchi yirik iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarni aniqlash va yo'qotish haqida boradi. Iqtisoddagi beqarorliklar, aholi keng qatlamlarining turmush darajasi va sifati o'rtasidagi keskin farq, siyosiy tarqoqlik, boshqaruv tizimining samarasizligi va uyushmaganligi - bularning barchasi katta va kichik, ichki va tashqi konfliktlarning doimiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Ularning oldini olish butun jamiyat manfaatlarida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy siyosatni izchillik bilan olib borishni, huquqiy tartibot va qonuniylikni mustahkamlashni, odamlarning ma'naviy madaniyatini oshirishni taqozo qiladi. Konfliktlarni umumijtimoiy ko'lamda oldini olish maqsadlarida ijtimoiy hayotda vujudga keluvchi ko'p sonli konfliktlarni aniqlash va o'rganish, konfliktologik tadqiqotlarni rivojlantirish zarur. Ishlab chiqarishda, turmushda, dam olish sohasida har bir konflikt aniq sabablarga ko'ra va muayyan sharoitlarda yuzaga keladi. Alohida olingan konfliktlardagi muayyan sabablar turmushning u yoki bu sohasidagi umumiy muammolar va ziddiyatlarni ifodalaydi. Shu sababli eng ko'p tarqalgan konfliktli holatlarning vujudga kelishi obyektiv sabablarini tushuntirish va tahlil etish kechiktirib bo'lmaydigan qarorlar chiqarilishini talab etuvchi ijtimoiy muammolar doirasini aniqlashda muhim rol o'ynashi mumkin. 2. Konfliktni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.06 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:29 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.06 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga